PREVYU. "So'g'diyona" - "Navbahor"
12 sen 2014 08:29
Yangiliklar

PREVYU. "So'g'diyona" - "Navbahor"
Ushbu turda "Navbahor" klubi Zominda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.
SO'G'DIYONA – NAVBAHOR
12 sentyabr 2014 yil. Zomin. “Zomin” stadioni.
Hakamlar: T.To'xtasinov, V.Lushin, A.Marajabov, S.Sattorov
Nazoratchi: A.Popov.
“So'g'diyona” hamda “Navbahor” klublari oliy ligada shu kungacha 37 bor kuch sinashishgan. 20ta o'yinda “Navbahor”, 12ta o'yinda esa “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 5ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 68 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “So'g'diyona” esa 41 bor gol kirita olgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 65 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, jizzaxliklar hisobida 41 ochko mavjud. “So'g'diyona”ning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1. Namanganliklarning eng yirik g'alabasi esa 7:0.
Birinchi davrada vodiydagi bahsda tomoshabinlar gollar shousining guvohiga aylanishgandi. Mezbonlar safida SHahboz Erkinov uchta gol urgan, yana bir golga Abdumalik Abdullaev mualliflik qilgandi. “So'g'diyona”dan Ilyos Qurbonov o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ygandi – 4:2.
“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.03.2013 So'g'diyona - Navbahor 2:0
28.05.2011 So'g'diyona - Navbahor 3:2
08.05.2009 So'g'diyona - Navbahor 1:0
26.04.2008 So'g'diyona - Navbahor 2:1
05.08.2006 So'g'diyona - Navbahor 0:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” bungi kunga qadar “So'g'diyona” maydonidan 5 marta g'alaba bilan qaytgan. Jizzaxliklar o'z maydonlarida 12 bor zafar quchishgan va bir bor durang o'ynashgan.

Fikrlar