So’nggi yangiliklar

11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  5 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6

Prevyu. "SHo'rtan" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "Bunyodkor"

Teglar :  SHo'rtanBunyodkor
G'uzorning "SHo'rtan" klubi o'z uyida "Bunyodkor" bilan to'qnash keladi.

SHo'rtan (G'uzor) – Bunyodkor (Toshkent)
10 aprel 2016. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 17:00
Hakamlar
: O. To'ychiboev (Farg'ona), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
 
“SHo'rtan” va “Bunyodkor” oliy ligada jami 16 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 11ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 4ta o'yinda durang qayd etilgan. Bitta uchrashuvda esa “SHo'rtan” zafar quchgan. To'plar nisbatida ham “Bunyodkor” oldinda – 32:2. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 37 ochkoni, “SHo'rtan” esa 7 ochkoni  qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 7:0 ga teng. “SHo'rtan”da bu ko'rsatkich 1:0 bo'lib turibdi.

O'tgan mavsum Toshkentda o'tgan o'yinda “qaldirg'ochlar” Eldor SHomurodov, Dostonbek Hamdamov va SHaker Zuagi tomonidan kiritilgan to'plar evaziga yirik g'alabaga erishishgan – 3:0. G'uzordagi bahsda esa tomonlar raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi – 0:0.

G'uzorda bo'lib o'tgan oxirgi besh uchrashuv:
16.08.2015 SHo'rtan - Bunyodkor 0:0
14.09.2013 SHo'rtan - Bunyodkor 0:0
06.11.2012 SHo'rtan - Bunyodkor 0:1
01.10.2011 SHo'rtan - Bunyodkor 1:0
21.10.2010 SHo'rtan - Bunyodkor 0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:
Bu jamoalar G'uzorda 8ta o'yin o'tkazishgan. SHu o'yinlardan bittasida “SHo'rtan” g'olib chiqqan. Uch uchrashuvda durang qayd etilgan. Toshkent klubi safarda bu jamoani to'rt bor mag'lub eta olgan. G'uzordagi oxirgi 3ta o'yinda “SHo'rtan” gol ura olmagan.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика