So’nggi yangiliklar

11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  2 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  34

Prevyu. "Qizilqum" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Navbahor"

"Barkamol avlod" musobaqalari tufayli "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvi Navoiyga ko'chirildi.
QIZILQUM - NAVBAHOR
1 iyun. Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 19:00
Hakamlar
: I.Tantashev, R.Serazetdinov, R.SHoyahmetov, A.Rahimov
Nazoratchi: A.Popov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 28 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 10ta o'yinda namanganliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 7ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 11ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Navbahor” foydasiga. “Lochinlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 36ta gol kiritib o'z darvozalaridan 27 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Navbahor” 41 ochkoni, “Qizilqum” esa 32 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi ushbu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

O'tgan mavsumda “Navbahor” har ikki safar 1:0 hisobida zafar quchgan. Zarafshondagi ilk bahsda Ro'zim Ahmedov gol urgan bo'lsa (0:1), Kosonsoydagi bellashuvda Botirbek To'raboev o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan – 1:0.

“Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.04.2013 Qizilqum - Navbahor 0:1
21.11.2012 Qizilqum - Navbahor 1:1
16.04.2011 Qizilqum - Navbahor 0:0
08.05.2010 Qizilqum - Navbahor 1:0
23.05.2009 Qizilqum - Navbahor 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi “Qizilqum” maydonida o'tgan o'yinlarda 5 marta durang qayd etilgan. 5 marta “Qizilqum”, 4 marta “Navbahor” g'alaba qozongan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика