So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  2 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

Prevyu. "Qizilqum" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Mashal"

Muborakning "Mashal" klubi Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.
QIZILQUM - MASH'AL
12 aprel. Navoiy. “So'g'diyona” stadioni 17:00.
Hakamlar:
O.Tolibjonov, T.Galeev, S.SHoyusupov, I.Ibragimov
Nazoratchi: S.Ermatov.

Bu ikki klub oliy ligada 22 bora to'qnash kelishgan. Natijalar mutlaqo teng. Ushbu o'yinlardan 6 tasida “Mashal” g'olib bo'lgan. 10 o'yin durang hisobida yakunlangan. Yana 6 uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan.

“Mashal” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 30ta gol kiritgan “Qizilqum” esa 28 bora “Mashal” posbonini ranjitgan. “Mashal” ham, “Qizilqum” ham 28tadan ochkoni qo'lga kiritishgan. “Mashal”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1 ni tashkil qiladi. Zarafshonlikning eng yirik g'alabasi esa – 6:3 bo'lib turibdi.

2013 yil “Mashal” oliy ligada qatnashmadi. 2012 yilda bo'lib o'tgan birinchi bahs Muborakda bo'lib o'tgan. O'sha bahsda SHerali Jo'raev va Feruz Boboqulov gol urgan – 0:2. “Qizilqum” maydonidagi bahsda durang qayd etilgan. G'ulom O'runov mezbonlar tarkibida, Gabit Sapargaliev muborakliklar tarkibida to'p kiritgan – 1:1.  

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.08.2012  Qizilqum – Mashal  1:1
01.10.2011  Qizilqum – Mashal  0:1
14.08.2010  Qizilqum – Mashal  1:1
23.03.2009  Qizilqum – Mashal  1:1
01.03.2008  Qizilqum – Mashal  0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : Bu jamoalarning Zarafshonda bo'lib o'tgan 11 ta uchrashuvida 8tasi durang bilan tugagan. SHundan 6tasida 1:1 hisobi qayd etilgan. Zarafshondagi o'yinlarda umuman 2 tadan ortiq to'p kiritilmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика