So’nggi yangiliklar

14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  1 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  1 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  3 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5

PREVYU. "Paxtakor" olimpiyachilar imtihonidan o'ta oladimi? Yangiliklar

PREVYU. "Paxtakor" olimpiyachilar imtihonidan o'ta oladimi?

Bugun Superliga 7-tur bahslari start oladi. Turni ochib beradigan uchrashuvda "Olimpik" va "Paxtakor" jamoalari to'qnash keladi

Bu ikki klub hozirga qadar Superligada bor yo'g'i to'rt marotaba to'qnash kelishgan. Ikki uchrashuvda durang qayd etilgan bo'lsa, bir bahsda "Paxtakor" va bir bahsda "Olimpik" g'alaba qozongan. O'zaro o'yinlarda "Paxtakor" raqib darvozasini olti marotaba ishg'ol eta olgan bo'lsa, "Olimpiyachilar" "sherlar" darvozasiga beshta to'p kiritishga muvofaq bo'lishgan.

O'zaro to'qnashuvlar

16.03.2022 "Paxtakor" - "Olimpik" 1:1

Gollar: 5" Jiyanov, 22" Sayfiev


17.08.2022 "Olimpik" - "Paxtakor" 1:1

Gollar: 46" Banashak, 61" Jo'raqo'ziev


03.03.2023 "Paxtakor" - "Olimpik" 2:3

Gollar: 7" Jiyanov, 49" Odilov, 63" Sayfiev, 79" Abdumajidov, 83" Tursunov


28.07.2023 "Olimpik" - "Paxtakor" 0:2

Gollar: 3" Xolmatov, 54" CHeran


O'zaro to'qnashuvlardagi to'purarlar

Ikki Toshkent jamoasining o'zaro to'qnashuvlarida ikki nafar futbolchi to'purar hisoblanadi. Hozirgi kunda ikkisi ham "Navbahor"da to'p tepayotgan Farruh Sayfiev va Ruslanbek Jiyanovlar o'zaro to'qnashuvlarda ikkitadan gol kiritishdan.

1 Farruh Sayfiev - 2ta gol

1 Ruslanbek Jiyanov - 2ta gol

2 Diyor Xolmatov - 1ta gol

3 Dragan CHeran - 1ta gol

4 Alisher Odilov - 1ta gol

5 Pshemislav Banashak - 1ta gol

6 Saidazamat Mirsaidov - 1ta gol

Joriy mavsumdagi natijalar

Uchrashuvdagi mezbon "Olimpik" jamoasi ortda qolgan 6ta turning bor yo'g'i 4tasida ishtirok etdi. Bunga sabab O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi Osiyo kubogida ishtirok etgani. Dastlabki ikki turda "Nasaf" va "Lokomotiv" jamoalariga mag'lub bo'lgan Kapadze shogirdlari, uchinchi turda safarda "So'g'diyona" bilan jangovar durang qayd etishdi, yakuniy hisob 2:2. So'ngi uchrashuvda esa Farg'onaning "Neftchi" jamoasini Odilovning so'ngi daqiqadagi goli evaziga taslim etildi.

Maksim SHackix boshchiligidagi "sherlar" shu kunga qadar Superliga doirasida beshta uchrashuvda qatnashdi. Dastlabki turda "Surxon" yirik 3:0 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, keyingi bahsda "Nasaf" bilan murosa ko'chasi tanlandi. Uchinchi va to'rtinchi turlarda amaldagi chempion mag'lubiyatga uchradi. Dastlab "Lokomotiv" yirik 3:0 hisobida raqibiga "tarsaki" tushirgan bo'lsa, keyin "So'g'diyona" ham safarda "Paxtakor"ni 2:3 hisobida mag'lub etdi. O'tgan turda esa, SHackix shogirdlari Bekobodning "Metallurg" jamoasini 4:3 hisobida taslim etdi.


Muallif taxmini

Ikki jamoaning holatiga havas qilib bo'lmaydi. Osiyo kubogidan qaytgan Kapadze jamoasining holati qanday ekanligi bilmaymiz. "Paxtakor"da esa jarohatlar ko'p va jamoaga stabillik etishmayapti. Yoshlarga imkoniyat berish yo'lini tanlagan ikki jamoaning to'qnashuvida imkoniyatlar teng. Uchrashuvda durang natijasi qayd etilsa kerak.


Olimpik" - "PAXTAKOR"

Superliga, 7-tur

"Jar" stadioni, 19:00

Olimpik — Paxtakor

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurullaev

Yordamchi hakamlar: Farxod Usmonov, Zufar Eliboev

Zaxira hakami: Xushnud Suyunboev

VAR: Akmal Rahimov

AVAR: Edita Mirobidova

Nazoratchi: Mo'minjon Majidov

Komissar: Qudrat Madraimov


Abdulvosit Bektemirov tayyyorladi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика