So’nggi yangiliklar

18:21“Барселона” “Манчестер Сити” марказий ҳимоячисига кўз тикди  0 17:59Расман: “Нефтчи” Баҳодирхонов, Шокиров ва Жумаевни ўз сафига қўшиб олди  4 17:29Ўзбекистон U-20 терма жамоаси январда Туркияда йиғин ўтказади, таркиб ҳам маълум  4 17:13"Наполи" "Реал" ҳужумчисини нишонга олди  1 16:42Расман: "Нефтчи" Ғиёсов, Пўлатов ва Соҳибжоновни ўз сафига қўшиб олди  9 16:16"Ноттингем Форест" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  12 15:26Расман: Ўтган мавсум "Динамо"да ўйнаган Ратиньо "Нефтчи"га ўтди  10 14:38Винисиус шартномани узайтирмаса, "Реал" Витиньяни сотиб олиши мумкин. Бразилиялик футболчи учун 100 млн евро талаб қилинади, пул эса ПСЖ хавбекига сарфланади  2 14:15"Манчестер Юнайтед" 45 ой (!) ўтиб ғалаба қозонди...  3 13:47"Манчестер Юнайтед" А Сериядаги ярим ҳимоячи билан шартнома имзолаши мумкин  1 13:11Левандовски "Барселона" билан шартнома ҳақида: "Ҳали қарор қабул қилиш учун вақтим бор. Қаерда ўйнашни ва қайси йўналишда ҳаракат қилишни билмайман, лекин босим йўқ"  0 12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  17 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  4

PREVYU. O'zbekiston kubogi. Beshinchi bellashuvda kimning ishi besh bo'ladi? Yangiliklar

PREVYU. O'zbekiston kubogi. Beshinchi bellashuvda kimning ishi besh bo'ladi?

Teglar :  NasafAGMK
Bugun O'zbekiston kubogi yarim finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Qarshida "Nasaf" mehmoni. Biz esa dastlabki finalchini aniqlab beradigan uchrashuvdan oldin ayrim malumotlarga to'xtalib o'tamiz. 

Nasaf

G'olib G'aybullaev - 45', Alibek Davronov - 60'

O'zbekiston kubogi . 3-tur

13/10/2022, 19:30

1
:
2
Tugadi

OKMK

Siyavash Haqnazariy - 37'

45'
90'
45'  G'olib G'aybullaev
45'  Akmal Mozgovoy
58'  Dilshod Saitov (Zafarmurod Abdurahmatov)
58'  SHerzod Nasrullaev (Sharof Muhitdinov)
60'  Alibek Davronov
60'  Akmal Mozgovoy
79'  Akmal Mozgovoy (Murodbek Rahmatov)
79'  Mateus Lima (Sukhrob Nurulloyev)
88'  Umar Eshmurodov (Alen Masovich)
37'  Siyavash Haqnazariy
37'  Dilshod Ahmadaliev
76'  Shohruh Gadoyev (Muhammadanas Hasanov)
76'  Abdulla Abdullaev (Sanjar Tursunov)
85'  Martin Boake (Mirzhahon Mirahmadov)
85'  Siyavash Haqnazariy (Mirjamol Qosimov)
89'  Artem Filiposyan (Dan Spataru)


KETMA-KET  UCHINCHI YIL YARIM FINALDA TO'QNASHUV 

Jamoalar qatorasiga uchinchi mavsumdirki, mamlakat kubogi yarim finalida to'qnash kelishmoqda. Umuman kubokda o'zaro 4 marotaba uchrashishgan. Kichik ustunlik AGMK tomonida 2ta g'alaba, 1ta bahsda "Nasaf"ning qo'li baland kelgan. AGMK o'z tarixida birinchi bor finalga chiqqan 2018 yilgi mavsumda yarim finalda aynan "ajdarlar"ni ortda qoldirgandi. Yana 1 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Beshinchi bellashuvda omad kimga kulib boqishini oqshomda bilib olamiz.  

18.03.2009. AGMK - "Nasaf" 1:1 (penaltilar seriyasida 5:6)

30.05.2018. AGMK - "Nasaf" 2:1

16.12.2020. AGMK - "Nasaf" 1:0

24.11.2021. AGMK - "Nasaf" 0:2


FINAL OSTONASIDAGI FAKTLAR 


"Ajdarlar" shu kungacha 7 marotaba finalda o'ynagan. Ularning 2tasida bosh sovringa ega chiqqan bo'lsa, 5ta o'yinda imkoniyat boy berishganini aytish mumkin. Buxoro finali ular uchun AGMK to'sig'idan o'tgan taqdirda sakkizinchisi bo'ladi va "Bunyodkor"dan (9 marotaba finalda) keyin uchinchi o'ringa chiqib oladi. AGMK o'z tarixidagi to'rtinchi finalga yo'llanma olish arafasida. 



JAMOALARNING CHEMPIONATDAGI YURISHI QANDAY KETYAPTI?

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ikkinchi davrani ko'tarinki ruhda davom ettirmoqda. Jamoa chempionlik yo'lidagi muhim uchrashuvda Toshkentda "Paxtakor"ni mag'lub eta oldi. Ayni paytda turnir jadvalida peshqadam bo'lib turgan "Nasaf"da ajoyib imkoniyat yuzaga kelgan. Buyog'i barchasi jamoaning o'z qo'lida. Qarshiliklar mavsumni 2ta kubok bilan yakunlashi mumkin. 

AGMK esa sovrinli o'rinlardan biroz uzoqlashdi. "Qizilqum"dan uchralgan mag'lubiyat jamoaning imkoniyatlarini kamaytirib yubordi. Uchinchi o'rinda ketayotgan "Paxtakor" bilan oradagi farq 7 ochko. SHunday ekan olmaliqliklar endilikda bor kuchlarini O'zbekiston kubogiga sarflashlari turgan gap. 


YARIM FINAL POYTAXT KLUBLARISIZ 

CHorak final "Navbahor", "So'g'diyona", "Nasaf", AGMK final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Ajablantirgan jihati shuki, joriy yilda musobaqa yarim finaliga birorta poytaxt klubi yo'l olgani yo'q. Bunday holat so'nggi bor 1999/2000 yilgi mavsumda kuzatilgan bo'lib, final ostonasida "Do'stlik" (Toshkent viloyati), "Neftchi" (Farg'ona), "Nasaf" (Qarshi), "Dinamo" (Samarqand) jamoalari ishtirok etgan edi. Keyingi yillarda "Traktor", "Paxtakor",  "Bunyodkor", "Lokomotiv" bu bosqichdan doimiy o'rin olib kelgan. 


Buxoro finali tomon kim manzilida davom etadi yoki ortga qaytadi, barchasini bilish uchun oz vaqt qoldi.  


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика