So’nggi yangiliklar

09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  1 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  6 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  8 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  32 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4

Prevyu. "Obod" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Obod" - "Qizilqum"

Teglar :  ObodQizilqum
Bu mavsumda gol urmagan "Obod" o'z uyida barcha o'yinda g'alaba qozongan "Qizilqum"ni qabul qiladi.

Obod (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
9 aprel 2016. Toshkent. "Jar" stadioni. 16:00
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

“Obod” klubi bu yil birinchi marta oliy ligada ishtirok etayotgani uchun ushbu ikki jamoa oliy ligada ilk bor to'qnash kelishadi. Bu mavsumda dastlabki 3ta turda “Obod” 1 ochko to'pladi. Jamoa Qo'qonda “Qo'qon-1912”ga va Qarshida “Nasaf”ga bir xil 0:1 hisoblarida yutqazib qo'ydi. O'z maydonida esa “Buxoro” bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bugunga kelib Bobur Zuhriddinov boshchiligidagi yosh jamoa oliy ligada gol ura olmagan yagona klub bo'lib turibdi. Dastlabki gol muallifi “Obod”ning O'zbekiston oliy ligasida to'p kiritgan ilk futbolchiga aylanadi va tarixga kiradi.

“Qizilqum” esa mavsumni ajoyib boshladi. Navoiy klubi ilk turda “Mashal” ustidan irodali g'alabaga erishgandi – 3:2. Ikkinchi turda G'uzorda “SHo'rtan” mag'lub etilgandi – 1:0. Nihoyat uchinchi turda o'z maydonida “Olmaliq”ni taslim qilindi – 2:1. “Oltin izlovchilar” dastlabki 3ta turda yuz foizli ko'rsatkichga ega to'rt jamoadan biri bo'lib turishibdi.  

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика