So’nggi yangiliklar

07:55Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:28Ўзбекистон кубоги. Бугун “Пахтакор“ — “Насаф“ учрашуви бор  5 01:40ЕЧЛ учун кураш. "Рома" муҳим баҳсда мағлубиятга учради  28 01:00Саудия Арабистони. Роналду майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" 9 та гол урди  10 00:28Витор Рейс: "Ҳусанов ҳудди акамдек"  13 00:09ПСЖдагиларнинг фикрича, Килиан клубдан 98 млн евро қарздор экан  2 23:32"Ливерпуль" Фримпонг бўйича музокаралар олиб бормоқда. "Байер" ҳимоячисининг товон пули – 35-40 млн евро  1 22:23Мбаппе "Олтин бутса" учун курашда Дьокерешдан 3 очко ва Салаҳдан 2 очко ортда  2 22:02"Бавария" 150 млн. евролик футболчини сотиб олмоқчи  7 21:15МЮ "Ипсвич" ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 20:36Расман: Карло Анчелотти Бразилия терма жамоасини бошқаради  12 20:15"Халқим учун "Олтин тўп"ни қўлга киритишни истардим" — Муҳаммад Салоҳ  56 19:48Эшитдик-да! Эртага Шацких "Андижон" бош мураббийи этиб тайинланади  32 19:31Ханси Флик Пеп Гвардиоланинг ютуғини такрорлади  4 19:05Карло Анчелотти тез орада Бразилия терма жамоаси бош мураббийи сифатида иш бошлайди  8

Prevyu. "Neftchi" - "Lokomotiv". Ilhom Mo'minjonov uchun so'nggi imkoniyatmi? Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Lokomotiv". Ilhom Mo'minjonov uchun so'nggi imkoniyatmi?

Bugundan Superliganing 7-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Bugundan Superliganing 7-tur uchrashuvlariga start beriladi.  "Neftchi" Yaypanda "Lokomotiv"ni qabul qiladi. To'g'ri tashqaridan olib qaralganda bu derbi emas. Lekin mazkur uchrashuvning ahamiyati farg'onaliklar uchun katta ahamiyatga ega ekanligini takidlash joiz. Batafsil quyida so'z boradi. 


Neftchi

Superliga. 7-tur

05/05/2022, 18:30

1
:
0
Tugadi

Lokomotiv

Mpako Etame Jerom - 58'

45'
90'
46'  Sunnatilla Abdullazhonov (Muhsin Ubaydullaev)
76'  Shahzod Ubaydullayev (Marko SHarich)
76'  Ulug'bek Hoshimov (Oybek Qilichev)
84'  Abbos G'ulomov (Fahriddin Muhammadov)
44'  Sanzhar Qodirqulov
46'  Ali Abdurahmonov (Mpako Etame Jerom)
58'  Mpako Etame Jerom
58'  Diyor Turopov
62'  Javohir Alijonov (Muhammadanas Hasanov)
62'  G’ulomhaydar G’ulomov (Islom Rashidxonov)


"Jarlik"dan chiqa olmayotgan "Neftchi"

Yangi mavsumga ko'tarinki ruhda tayyorgarlik ko'rgan, tarkibni kuchaytirishga erishgan "Neftchi"ning Superligadagi natijalari kutilganidek emas. Boz ustiga jamoa O'zbekiston kubogini guruh bosqichidayoq yakunlashga to'g'ri keldi. Joriy yil hisobidan esa Superligada 1 marotaba uch ochko ishladi, xolos. Kubokda safarda "Dinamo"ning mag'lub etilishi amalda hech narsani hal qilgani yo'q. 

1-tur. "Neftchi" - "Qo'qon-1912" 1:0

2-tur. "Paxtakor" - "Neftchi" 1:0

3-tur. "Neftchi" - "So'g'diyona" 1:2

4-tur. "Qizilqum" - "Neftchi" 3:0

5-tur. "Neftchi" - "Bunyodkor" 1:3

6-tur. "Dinamo" - "Neftchi" 1:1

Barchasi malum. Mavsum boshida jamoa oldiga OCHLga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgandi. Lekin hozircha jamoa jon saqlash yo'lida. "Lokomotiv"da ham vaziyat juda yaxshi, deb bo'lmaydi. Lekin ular raqibidan farqli ravishda kubokda keyingi bosqichga yo'llanma olishdi. Asosiy muammo barqarorlikning etishmayotganida. Jamoada muhimi o'yin sifati bor. 


O'zaro o'yinlar 

SHu kungacha jamoalar Superliga doirasida o'zaro 28 marotaba uchrashishgan. Ustunlik "Lokomotiv" tomonida 15ta g'alaba, "Neftchi"da 'cf 7ta. 6ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Ikki jamoada ham eng yirik g'alaba bir xil 4:0. 


Transfermarket portaliga ko'ra "Neftchi"ning tarkibi 5,81 million evro, "Lokomotiv"niki esa 4,59 million evro baholangan



12 yil avvalgi natija takrorlanadimi?

"Neftchi" so'nggi bor "Lokomotiv"ni Superligada 2010 yilgi mavsumda mag'lubiyatga uchratishni uddasidan chiqqan ekan. Keyingi 14ta uchrashuvning 6tasida murosa tanlangan bo'lsa, 8tasida "temiryo'lchilar"ning qo'li baland kelgan. Bugun tarix takrorlanishi yoki o'yindan so'ng ko'p narsalar o'zgarib ketishi mumkin. 



Mutaxassis fikri

Sobiq futbolchi Jahongir Jiyamurodov 7-tur o'yinlariga taxmin va fikrlarini bildirar ekan, bevosita bugungi o'yinga ham to'xtalib o'tdi. 

- Darhaqiqat Yaypanda qiziqarli o'yin bo'ladi. Bu o'yinda yaqqol favorit yo'q. "Neftchi" o'ziga kerakli ochkolarni boy bermoqda. SHu bois bor kuchini tashlaydi, ochko zarur. "Lokomotiv" avvalgidek sovrinli o'rinlarga kurashadigan jamoa emas. Ilhom Mo'minjonov qo'l ostida yaxshi tarkib bor. Taxminimcha "Neftchi" 2:1 hisobida g'alaba qozonishi mumkin.



So'nggi to'qnashuv


Superliga/21-tur
11 avgust, shanba

20:00. "Lokomotiv" — "Neftchi" 1:1  
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Artyom Kalinin, SHavkat Fayziev, Rustam Lutfullin.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.
Komissar: Bahodir Mirzaev.

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 4, - 1:0 (Sardor Mirzaev). Boburbek Yuldashev 90, - 1:1.

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 10. Marat Bikmaev (19. Husniddin G'ofurov, 74), 11. Timurxo'ja Abduholiqov (27. Sardor Rashidov, 69), 15. Sardor Mirzaev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 21. Nikolay Pogrebnyak, 22. Sanjar SHoahmedov, 33. Oleg Zoteev, 55. Anzur Ismoilov, 88. Igor Yelich.
Zaxira: 12. Mamur Ikromov, 14. Azizbek Amonov, 23. Idris Bikmaykin, 28. SHuhrat Muhammadiev, 74. Alisher SHog'ulomov, 80. Farruh Ibragimov, 86. Bobur Ergashev.

"Neftchi": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. SHukurali Po'latov, 5. Jalil Kimsanov, 14. Abrorbek Ismoilov, 34. Igor Taran (20. Husniddin G'ofurov, 46), 40. Boburbek Yuldashev, 44. Dostonbek Toshmatov (71. Hurshidbek Asqaraliev, 87), 45. Avazxon Mamatxo'jaev, 64. Mirjamol Nematov, 90. Islombek Karimov, 91. SHerzod Hakimov (23. Abdurahmon Abdulhaqov, 46).
Zaxira: 21. Farruh Turdaliev, 10. Anvar Berdiev, 15. Dilyorbek Irmatov, 19. Avazbek O'lmasaliev, 26. Ilhomjon Ibragimov, 65. SHodiyor Hojimatov.


SHu kabi qiziqarli faktlar, malumotlarni bilish uchun quyidagi havolaga o'tishingiz mumkin >>>>>>>> FAKTLAR

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика