So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  4 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

Prevyu. "Nasaf" uchun OCHLdan oldin so'nggi repeticiya Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" uchun OCHLdan oldin so'nggi repeticiya

Teglar :  LokomotivNasaf
Bugun Superliganing 4-turi doirasida navbatdagi kungi uchrashuvlar o'tkaziladi.

Qarshining "Nasaf" klubi bugun Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi maydonga chiqadi. Quyida esa o'yindan oldingi qiziqarli malumot va faktlarni keltirib o'tamiz. 


Lokomotiv

Superliga. 4-tur

02/04/2022, 18:30

1
:
0
Tugadi

Nasaf

Sukhrob Nurulloyev - 59'

45'
90'
46'  G’ulomhaydar G’ulomov (Nurmuhammad Toshpo'latov)
55'  Alisher Salimov (Jaloliddin Jumaboev)
64'  Sanzhar Qodirqulov (Muhammadanas Hasanov)
64'  Kaxi Maxaradze (Islom Rashidxonov)
73'  Dilshod Komilov (Ali Abdurahmonov)
90'  Nurmuhammad Toshpo'latov
46'  Ivan Solovyov (Sukhrob Nurulloyev)
59'  Sukhrob Nurulloyev
59'  Marko Stanoevich
65'  SHerzod Nasrullaev (Alibek Davronov)
66'  Alibek Davronov
80'  Dilshod Saitov
80'  Bahrom Abdurahimov (SHahzod Akramov)
80'  Husayin Norchaev (Semir Smaylagich)
81'  Umidzhon Ergashev
90'  Oybek Bozorov (Murodbek Rahmatov)


O'zaro o'yinlar 


Ushbu jamoalar Superligada jami 34 bor to'qnash kelishgan. G'alabalardagi tafovutni oladigan bo'lsak, kichik ustunlik "Nasaf" tomonida ekanligini ko'rishimiz mumkin, 15ta g'alaba. "Lokomotiv" raqibi ustidan 13 bor zafar quchgan. 6ta bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbati 45:38, "ajdarlar" foydasiga. Bugun mezbon maqomidagi "temiryo'lchilar" o'z maydonlarida "Nasaf"ga 5 bor mag'lub bo'lishgan. Mezbonlar Toshkentda kechgan so'nggi 10ta o'yinning 2tasida engilgan. Eng yirik hisob 2020 yilgi mavsumda qayd etilgan bo'lib, "Jar"da kechgan bahsda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 4:0 hisobidagi g'alabani o'ziniki qilgan edi. 



"Nasaf" uchun OCHLdan oldin so'nggi repetitciya


Qarshi klubi bugungi o'yin yakunlangach 4 aperl kuni OCHLda ishtirok etish uchun to'g'ri Saudiya Arabistoniga yo'l oladi. Qaysidir manoda bugungi bahs Ro'ziqul Berdievga futbolchilarni ko'rib olish, tayyorgarlikni teshirib olish uchun yaxshi imkoniyat. Balki tarkibda ayrim rotatciyalarni ko'rishimiz ehtimoli ham bor. Boz ustiga jamoaning ko'p futbolchilari terma jamoa ixtiyoridan qaytishdi. Ehtimol murabbiylar shtabi barcha kartalarni ochishmas. Buni o'yin davomida bilib olamiz. "Lokomotiv" esa o'z maydonida g'alaba uchun o'ynashi tabiiy. Ular avvalgi turda "Bunyodkor"dan uchralgan mag'lubiyat uchun ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi. 



Denis Korostichenko "Nasaf"ni oldin ham mag'lub etgan 


O'tgan mavsumning so'nggi turida Mikael Sekeyra "Lokomotiv"ni tark etdi. "Nasaf" bilan o'yinga esa jamoani Denis Korostichenko olib bordi. O'sha bahsda uning qo'l ostidagi "Lokomotiv" Qarshidan uch ochko bilan qaytgani yodimizda. Korostichenko bu ishni yana bir bor uddalaydimi?



Jamoalarning so'nggi o'yinlari 


"Qizilqum" - "Lokomotiv" 2:0

"Lokomotiv" - AGMK 2:1

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:1


"Navbahor" - "Nasaf" 0:0

"Nasaf" - "Metallurg" 1:1

"Baniyas" - "Nasaf" 0:2

AGMK - "Nasaf" (qoldirilgan)



"Nasaf"ning uchrashuvga qaydnomasi 



"Lokomotiv" bugungi o'yinga qaydnomani elon qilgani yo'q.


Hakamlar 


2 aprel, shanba
LOKOMOTIV – NASAF
Hakamlar
: Rahimbek Karimov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Xushnud Suyunboev
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Asker Najafaliev
VAR assistenti: Alisher Usmonov
VAR nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Sardor Qudratullaev
Boshlanish vaqti: 18:30 


Eslatib o'tamiz ramazon oyi boshlangani munosabati bilan bugun "Lokomotiv" stadioniga tashrif buyurgan muxlislarga bepul iftorlik tarqatiladi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика