So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  1 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  0 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  2 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  6 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Prevyu. "Metallurg" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Metallurg" - "Bunyodkor"

Oliy liganing 6-turida "Metallurg" o'z uyida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.
Metallurg (Bekobod) – Bunyodkor (Toshkent)
26 aprel 2015. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar:
A.Asimov, T.Galeev, A.Po'latov, R.Kopadze.
Nazoratchi: I.Nexochin.

“Metallurg“ hamda “Bunyodkor“shu kunga qadar o'zaro 16 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Toshkentliklar 14ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Ikkita o'yinda “Metallurg”ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati ham “Bunyodkor” foydasiga 39-15. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 42 ochoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Metallurg” 6 ochkolik bo'lgan.

“Bunyodkor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. “Metallurg”ning “qaldirg'ochlar” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 2:1 ni tashkil etadi.

O'tgan yilning 9-turida “Bunyodkor” o'z maydonida “Metallurg” darvozasiga javobsiz ikki to'p kiritgandi. “Qaldirg'ochlar” tarkibida Oleksandr Pishur va Sardor Rashidov o'zini ko'rsatgandi – 2:0. Bekobodda Samir Bekrich va Oleg Zoteev mezbonlar darvozasiga gol urishgan, Sardor Rasulov yagona javob to'pini kiritgandi – 1:2.

Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
01.10.2014 Metallurg - Bunyodkor 1:2
17.08.2013 Metallurg - Bunyodkor 2:3
27.09.2012 Metallurg - Bunyodkor 1:3
23.10.2011 Metallurg - Bunyodkor 2:1
19.03.2010 Metallurg - Bunyodkor 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Metallurg” o'z maydonida faqat bir bor (2011 yil) “Bunyodkor”dan ustun kelgan. Qolgan 7ta o'yining barchasiga “Bunyodkor” Bekoboddan uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi uch o'yinda “qaldirg'ochlar” safarda ushbu jamoa darvozasiga kamida 2tadan gol urishgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика