So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Prevyu. "Lokomotiv" - "Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. "Lokomotiv" - "Neftchi"

Teglar :  NeftchiLokomotiv
Bugun oliy liganing 3-turida Farg'onaning "Neftchi" klubi safarda "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi.

Lokomotiv (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona)
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: S. Rizaev.
 
“Lokomotiv” va “Neftchi” oliy ligada 22 bora to'qnash kelishgan. Natijalar toshkentliklarning ustunligini ko'rsatmoqda.

“Lokomotiv” 12 marta g'alaba qozongan, “Neftchi” hisobida 7ta muvaffaqiyat mavjud. 3ta bahsda durang qayd etilgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 31ta gol kiritgan, “temiryo'lchilar” esa 35 bora farg'onaliklar darvozasini ishg'ol etishgan. Farg'ona jamoasi o'zaro o'yinlarda 24, “Loko” esa 39 ochkoga ega chiqqan. Farg'onaliklarning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:0ga teng bo'lsa, “Lokomotiv”da bu ko'rsatkich 4:1ga teng.

O'tgan mavsum 2-turda Toshkentda o'tgan bahsda Damir Koyashevich gol urib mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Tanaffusdan so'ng Ro'zimboy Ahmedov penaltidan to'p kiritib hisobni tenglashtirgandi - 1:1. Farg'onada esa Temurxo'ja Abduxoliqov va Mo'ydin Mamazulumovning gollariga mezbonlar vakili Murod Bobojonov javob bergandi xolos - 1:2.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
22.03.2015 Lokomotiv - Neftchi 1:1
02.11.2014 Lokomotiv - Neftchi 4:2
24.10.2013 Lokomotiv - Neftchi 3:1
15.04.2012 Lokomotiv - Neftchi 1:1
13.03.2010 Lokomotiv - Neftchi 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z maydonida o'tgan 11ta o'yinning 7tasida zafar quchgan. “Neftchi” ikki marta (2004 va 2007 yillarda) Toshkentdan uch ochko bilan qaytgan. Poytaxtda bu jamoalar ikki marta durang qayd etishgan. "Loko" uyida o'tgan oxirgi 8ta uchrashuvda ikkala jamoa ham gol ura olgan. So'nggi 7 o'yinda "temiryo'lchilar" o'z maydonlarida bu raqibga mag'lub bo'lishmagan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика