So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

PREVYU. "Lacio" bugun g'alaba qozona oladimi? Yangiliklar

PREVYU. "Lacio" bugun g'alaba qozona oladimi?

Italiya CHempionatining 16-tur uchrashuvlari oldidan "Atalanta" - "Lacio" bahsiga oid qiziqarli malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

A Seriya 16 tur o'yinlari bo'yicha bugun “Atalanta” va “Lacio” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Ikki jamoa ham birinchilikka davogar emas, ular bu pog'onadan ancha pastda. Lekin shunga qaramay, ko'ramiz tunda kimning qo'li baland kelar ekan.

O'yindagi holat

“Atalanta” har turda Evropa kubogiga yaqinlashmoqda. So'nggi turda jamoa “Udineze” ustidan 3:1 hisob bilan g'alaba qozondi. Bergamoliklar oxirgi 5ta uchrashuvda ikki bora mag'lubiyatga uchrashdi (uyda (1:2) “Napoli” va mehmonda (2:3) “Empoli”). SHuningdek, jamoaning bu mavsumdagi eng ajoyib g'alabasi “Inter”ni 4:1 hisob bilan mag'lub etgani bo'ldi. Hozirda “Atalanta” 7 o'rinni band etib turibdi.

Rimning “burgutlari” kichkinagina inqirozni boshdan o'tkazishmoqda. Sababi jamoa chempionat doirasidagi so'nggi 4ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Oxirgi turda so'nggi daqiqalarda “Lacio” raqibi “Sampdoriya”ni enga olmadi. Bunga qadar klub “Kevo” (1:1), “Milan” (1:1) va “Sassuolo” (1:1) jamoalari bilan durrang natijani qayd etgandi. Ularga CHempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishlari uchun  bor yo'g'i 1 ochko etishmadi va jamoa 5-o'rinda qolib ketdi.



Trend

- “Atalanta” A Seriya so'nggi 7ta o'yinining barchasida gol urgan. Jamoada  o'rta hisobda har o'yin uchun 2,9ta gol bor.
- “Lacio” turnirning 6ta bahsida biror martta ham g'alaba qozonolmadi (4ta durrang va 2ta mag'lubiyat).
- “Atalanta” 8ta o'yinda 6 bor g'alaba qozondi. Ular so'nggi o'zaro 7 uchrashuvning 6tasida jamoalar bir-biriga gol urgan.
- A Seriyaning so'nggi o'zaro 8ta bahsida “Lacio” 7 bor engilmagan (4ta g'alaba va 3ta durrang).

Taxminiiy tarkiblar

Malumotlarga qaraganda, Gasperini 3-4-1-2 sxemasidan, Indzagi 3-5-1-1 esa sxemasidan foydalanishi mumkin.



Atalanta

Duvan Zapata - 1'

Serie A . 16-tur

18/12/2018, 00:35

0
:
1
Tugadi

Lazio

Stadion: Atleti Azzurri d'Italia, 17401 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
1'  Duvan Zapata
50'  Duvan Zapata
57'  Jose Luis Palomino (Berat Djimsiti)
68'  Josip Ilicic (Mario Pasalic)
85'  Alejandro Gomez (Andrea Masiello)
88'  Berat Djimsiti
38'  Marco Parolo
62'  Wallace
64'  Milan Badelj (Luis Alberto)
64'  Adam Marusic (Jordan Lukaku)
78'  Wallace (Felipe Caicedo)
87'  Jordan Lukaku
90'  Francesco Acerbi



"Atalanta" — "Lacio"

Bugun tunda “Atalanta” Bergamoda “Lacio”ni qabul qiladi va markaziy o'yinlardan biri bo'lib o'tadi. Gasperini shogirdlari deyarli hamma raqibini taqdirini biroz chigallashtirib qo'ydi, desak mubolag'a bo'lmaydi. “Inter”, “Roma”, “Milan” Bergamoda ochko yo'qotgandi, “Napoli” 2:1 hisob bilan raqibini bazo'r enggan edi. So'nggi turlarda “Atalanta” bir necha bor g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Ular oxirgi 5ta o'yinda 12ta gol urdi. Bu borada ular “Napoli”dan (13ta gol) keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Mavsumni “burgutlar” beqaror ravishda o'tkazishmoqda. Evropa Ligasidagi ularning o'yinlariga nazar tashlasak, klub 6ta uchrashuvdan beri g'alaba nashidasini sura olgani yo'q. “Lacio” hujumda ham, mudofaada ham oqsoqlanib qoldi. Simone Indzagini esa istefoga chiqarish kerakligidan hech kim so'z ochay demaydi. Klub prezidenti esa italiyalikka ishonishi va shartnomani yana bir necha yilga uzaytirishga tayyorligini aytdi.

“Burgutlar”ga bir nechta yomon natijadagi o'yinlardan so'ng “Atalanta” ham jiddiy raqib hisoblanadi. Rimliklar juda qiyin o'yin bo'lishini kutishmoqda. Bergamodan ochko olib qaytish mushkul. So'nggi 5ta tashrifdagi uchrashuvlarda “Lacio” atigi bir marotaba g'alaba qozongan olgandi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика