So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  16 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  2 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  20 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Prevyu: Kolumbiya - Greciya. Falkaosiz qolgan janub Yangiliklar

Prevyu: Kolumbiya - Greciya. Falkaosiz qolgan janub

"S" guruhidagi barcha jamoalar guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatga ega. Biroz Greciya va Kot-d'Ivuarda tashabbus bo'lishi mumkin.
Bugungi o'yin favoriti Kolumbiya bo'lsa ajab emas. Kolumbiya terma jamoasi Pekerman qo'l ostida Janubiy Amerika mintaqasida Argentinadan keyin ikkinchi bo'ldi. Jamoaning bir qator futbolchilari kuchli beshlik chempionatida ishtirok etadilar. Kristian Sapata, Mario Yepes, Xuan Suniga, Xuan Kuadrado va Freddi Guarin Italiya "A-Seriyasi"ning etakchi futbolchilari sifatida etirof etiladi. Terma jamoaning uchinchi posboni Farid Mondragon bundan 20 yil avval AQSHda bo'lib o'tgan mundialda ham ishtirok etgan. Ammo 42 yoshli posbonga maydonga tushish nasib etmagan. SHundan keyin u 1998 yilgi JCHda qatnashgan. Bu uning hisobidagi uchinchi jahon chempionati. Terma jamoa bosh murabbiyi Xose Pakermanni ortiqcha tanishtirib o'tirishga hojat bo'lmasa kerak. U 2004-06 yillarda Argentina terma jamoasiga ustozlik qilgan.





Greciya doimo sirli jamoa bo'lib kelgan. Bir o'ynasa o'yini chiqadi. Ammo himoyadan harakat qilishni kanda qilmaydi. SHu boisdan bo'lsa kerak, Greciya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar doim ham qiziq bo'lmagan. Saralash bahslarida Greciyaga omad kulib boqadi. Bosniya va Gercogovina, Slovakiya, Litva, Latviya hamda Lixtenshteyn terma jamoalari bilan bir guruhdan olgan greklar bosniyaliklar bilan 25 ochkodan to'playdi.

Terma jamoaning hujum chizig'ida biroz muammo bor. SHu boisdan ham 32 yoshni qarshi olgan ikki hujumchi Salpingidis va Gekaslar JCH ro'yxatidan o'tdilar. Fernandu Santushning ishongan tog'i Yorgos Karagunis. "Fulxem" yarim himoyachisi bugun terma jamoasini sardor sifatida maydonga olib tushadi.





Bu ikki terma jamoa shu kungacha bir marotaba o'zaro to'qnash kelganlar. 1994 yilgi JCHdan avval AQSHda o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'shanda greklar 2:0 hisobda imkoniyatni boy bergan edilar.

Balki boshqa terma jamoalarga bilinmas, ammo Radamel Falkaoning jarohati Kolumbiya uchun jiddiy bosh og'riq bo'ldi. Bu masalani Pakerman "River Playt" hujumchisi Teofilo Guterres bilan echdi. Hujumdagi muammo Greciyada ham bor. "Fulxem"ga o'tgan Kostas Mitroglu asosiy vaqtini zaxira o'rindig'ida o'tkazib, JCHga deyarli o'yin amaliyotisiz keldi.





Guarin esa saralash o'yinining so'nggi turida qizil kartochka olganligi uchun bugun maydonda Kolumbiyaga yordam bera olmaydi.


14 iyun. 21:00
Bosh hakam:
Mark Geiger (AQSH)
Yordamchi hakamlar: Mark Sin Xurd (AQSH), Joy Fletcher (Kanada)
Zaxira hakami: Alirizo Fag'oni (Eron)

Taxminiy tarkiblar:
Kolumbiya:
Ospina, Suniga, Yepes, Sapata, Armero, Rodriges, Agilar, Sanches, Kuadrado, Guterres, Martines.
Greciya: Karnezis, Torosidis, Papastatopulos, Manolas, Xolebas, Karagunis, Maniatis, Ciolis, Salpingidis, Samaras, Mitroglu.

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика