So’nggi yangiliklar

18:08"Динамо" - "Шўртан". Асосий таркиблар эълон қилинди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   0 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3

Prevyu. "Dinamo" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Dinamo" - "So'g'diyona"

Bugun Samarqandda "Dinamo" hamda "So'g'diyona" jamoalari to'qnash keladilar.

Dinamo (Samarqand) – So'g'diyona (Jizzax)

16 may 2015 yil. Samarqand. 17:30.

Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), A. Sidorov (Toshkent), A. Mo'minov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).


Bu ikki jamoaning yo'llari oliy ligada 34 bor kesishgan. Ustunlik “Dinamo” tomonida. O'yinlarning 15tasida samarqandliklarning qo'li baland kelgan. 13ta uchrashuvda esa “So'g'diyona” g'olib chiqqan. Qolgan olti uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. To'plar nisbati “Dinamo” foydasiga. “Arslonlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 52ta gol urib o'z darvozalaridan 37 marta to'p o'tkazib yuborishgan. O'zaro o'inlarda “Dinamo” 51 ochkoni, “So'g'diyona” esa 45 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Dinamo” oliy ligada “So'g'diyona” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi Samarqand klubining eng yirik g'alabasi hisoblanadi. Jizzax klubining o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1 bo'lib turibdi.

Bir yil oldin uchinchi turda “Dinamo” safardan g'alaba bilan qaytgan. Akmal Xolmurodov, Sirojiddin Sayfiev va Zayniddin Tojievning gollariga “So'g'diyona” safida Suxrob Qobilov penaltidan javob bergan xolos – 1:3. Samarqandda Orif Mamajonovning urgan goli “So'g'diyona”ga 3 ochko keltirgan – 0:1.

Samarqandda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.08.2014 Dinamo - So'g'diyona 0:1
14.09.2013 Dinamo - So'g'diyona 1:1
05.11.2011 Dinamo - So'g'diyona 2:0
23.08.2009 Dinamo - So'g'diyona 3:0
07.03.2008 Dinamo - So'g'diyona 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt
: “So'g'diyona” safarda bu raqibni to'rt marta mag'lub etgan. “Dinamo” Samarqandda 11 bor zafar quchgan. Faqat bitta uchrashuv durang natijasi bilan tugagan. Oxirgi ikki bahsda mezbonlar g'alaba qozona olmagan. 


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика