So’nggi yangiliklar

18:08"Динамо" - "Шўртан". Асосий таркиблар эълон қилинди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   0 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3

Prevyu. "Buxoro" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Buxoro" - "Qizilqum"

Oliy Liga 9-tur doirasida "Buxoro" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi.
Buxoro (Buxoro) - Qizilqum (Navoiy)

16 may, 2015 yil. Buxoro. 18:30.

Hakamlar
: T. To'xtasinov (Andijon), A. Usmonov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

“Buxoro” va “Qizilqum” oliy ligada 28 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 14tasida navoiyliklar g'olib bo'lishgan. 4ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Buxoro” hisobida 10ta g'alaba mavjud.

“Buxoro” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 34ta to'p kiritgan, navoiyliklar esa “Buxoro” darvozasiga 46ta gol urishgan. “Buxoro”  o'zaro o'yinlarda 34 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Qizilqum” 46 ochkoni qo'lga kiritgan. “Buxoro”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yirik g'alabasi esa - 5:0.
 
2014 yil birinchi davrada Navoiyda bo'lib o'tgan uchrashuvda durang qayd etilgandi. O'sha o'yinning ikkinchi bo'limi boshida Vladimir SHishelov penaltidan gol urib hisobni ochgandi. Baxriddin Vahobovning urgan goli hisobni tenglashtirgandi - 1:1. Ikkinchi davrda “Qizilqum” safardan g'alaba bilan qaytgan. SHerali Jo'raevning goli jamoaga g'alaba keltirgan - 0:1.

Buxoroda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.10.2014 Buxoro - Qizilqum 0:1
30.03.2013 Buxoro - Qizilqum 4:3
19.10.2012 Buxoro - Qizilqum 1:0
15.10.2011 Buxoro - Qizilqum 2:1
03.10.2009 Buxoro - Qizilqum 3:5

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Buxoro” mezbonlik qilgan o'yinlarda bir marta durang qayd etilgan. 7 marta “Buxoro” zafar quchgan bo'lsa, 6ta o'yinda “Qizilqum” safarda bo'lishiga qaramay raqibdan ustun kelgan.


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика