So’nggi yangiliklar

07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  0 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  6 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  37

Prevyu. "Bunyodkor" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 23-turini "Bunyodkor" va "So'g'diyona" o'rtasidagi o'yin yakunlab beradi.
Bunyodkor – So'g'diyona
18 oktyabr. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 15:00
Hakamlar
: SH.Qosimov, M.Saidqosimov, R.Serazetdinov, A.Ergashev
Nazoratchi: R.Aytekov.

“Bunyodkor” va “So'g'diyona” oliy ligada 9 bora to'qnash kelishgan. Natijalar poytaxt jamoasining mutloq ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” 9ta o'yindan 9tasini yutgan. Tushunarliki “So'g'diyona” bu raqib bilan durang o'ynamagan va g'alaba qozona olmagan. “Bunyodkor” o'yinlarda 31 ta gol kiritgan, jizzaxliklar 1 bora “qaldirg'ochlar” darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 27 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, “So'g'diyona”da bu ko'rsatkich 0 ni tashkil etadi. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 6:1.

10-turda Zominda bo'lib o'tgan bahsda “qaldirg'ochlar” 2:0 hisobida zafar quchishgandi.  Ikkinchi bo'limda Akmal SHorahmedov va Temur Ayupovning gollari evaziga “Bunyodkor” uch ochkoni qo'lga kiritgandi.

Toshkentda o'tgan barcha uchrashuvlar:
04.03.2013 Bunyodkor - So'g'diyona  5:0
06.08.2011 Bunyodkor - So'g'diyona  1:0
29.06.2009 Bunyodkor - So'g'diyona  5:0
25.08.2008 Bunyodkor - So'g'diyona  2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” bu raqibni o'z maydonidagi to'rtta o'yinda ham mag'lub etgan. Toshkentda “So'g'diyona” umuman gol ura olmagan. “Qaldirg'ochlar” hisobida esa 13ta gol bor.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика