So’nggi yangiliklar

07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  5 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  37

Prevyu. "Bunyodkor" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Navbahor"

Oliy liganing 7-turini boshlab beruvchi o'yinda "Bunyodkor" va "Navbahor" to'qnash kelishadi.
BUNYODKOR – NAVBAHOR
2 may. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:00
Hakamlar:
M.Muhamedov, X.Mirzaahmedov, A.Snetkov, S.Sattorov
Nazoratchi: S.Ermatov.

“Bunyodkor” va “Navbahor” oliy ligada jami 14 marta to'qnash kelishgan. SHulardan 11tasida toshkentliklar g'olib bo'lishgan, 2ta  o'yinda vodiyliklar g'alabani tantana qilishgan. O'zaro o'yinlarda 1 bora durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Bunyodkor” foydasiga 33:7 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Bunyodkor” 34 ochkoni, “Navbahor” esa 7 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning va “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 6:0, “Navbahor”ning eng yirik g'alabasi esa – 2:1.

O'tgan yilgi har ikkala o'yinda “qaldirg'ochlar” yirik g'alabalarga erishishgan. Vodiydagi uchrashuvda mezbonlar himoyachisi Qahramon Mahamadjonov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yib hisobni ochgandi. Bundan tashqari Oleksandr Pishur va Lutfulla To'raev “lochinlar” darvozasini ishg'ol qilishgan – 0:3. Toshkentda kechgan bahs bundanda yirik natija bilan tugagan. Sardor Rashidov, Anvar Berdiev va Anvar G'ofurov bir martadan gol urishgan bo'lsa Igor Taran ikki bor “Navbahor” darvozasini ishg'ol qilgan – 5:0.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
20.09.2013 Bunyodkor – Navbahor  5:0
19.10.2012 Bunyodkor – Navbahor  1:0
12.03.2011 Bunyodkor – Navbahor  1:0
26.08.2010 Bunyodkor – Navbahor  2:0
21.06.2009 Bunyodkor – Navbahor  6:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor”ga etarlicha qarshilik qila olmagan. Bo'lib o'tgan 7ta o'yinning barchasida “qaldirg'ochlar” zafar quchishgan. Bundan tashqari “Navbahor” Toshkentda 6 yildan buyon gol ura olmay kelmoqda.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика