So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  6 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Prevyu. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Lokomotiv"

Mavsumning dastlabki Toshkent derbisi "Jar" stadionida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o'rtasida bo'lib o'tadi.
BUNYODKOR - LOKOMOTIV
11 aprel. Toshkent. “Jar” stadioni. 18:00
Hakamlar
: X.Ro'ziev, A.Usmonov, M.Saidqosimov, E.Tursunov
Nazoratchi: A.Popov.

“Bunyodkor” va “Lokomotiv” oliy ligada 12 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “qaldirg'ochlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.

“Bunyodkor” ushbu raqibni 7 marta mag'lub etgan. 3ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” hozirgacha “Bunyodkor”ni 2 marta mag'lub eta olgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 22ta gol urgan, “Lokomotiv” futbolchilari 12 marta hamshaharlari darvozasini ishg'ol etishgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 24 ochkoga ega bo'lgan, “temiryo'lchilar” hisobida 9 ochko bor. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:0ga teng. “Lokomotiv”ning eng yirik g'alabasi – 3:1.

O'tgan yil ikkala bahsda ham 1:1 hisobi qayd etilgan. “Jar”dagi o'yinda Oleksandr Pishur penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, Farhod Tojiev aynan penaltidan so'ng hisobni tenglashtirgandi – 1:1. Javob bahsida ham hisobni Pishur ochgan. Ikkinchi bo'limda Dilshod Jabborov bunga javob bergan – 1:1.

“Bunyodkor” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
04.07.2013 Bunyodkor - Lokomotiv 1:1
22.04.2012 Bunyodkor - Lokomotiv 1:1
16.10.2010 Bunyodkor - Lokomotiv 1:0
24.10.2009 Bunyodkor - Lokomotiv 2:1
02.05.2008 Bunyodkor - Lokomotiv 2:0
17.03.2007 Bunyodkor - Lokomotiv 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  “Bunyodkor” maydonida bo'lib o'tgan 6ta o'yinning to'rttasida g'alaba qozongan va ikki bor durang o'ynagan. “Qaldirg'ochlar” o'z uylarida bu raqibga umuman yutqazishmagan.


Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика