So’nggi yangiliklar

13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   1 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7

Prevyu: Bugun "Etixad"da dahshatli o'yin Yangiliklar

Prevyu: Bugun "Etixad"da dahshatli o'yin

Angliya Premer-ligasining 29-turida "Manchester Siti" jamoasi "CHelsi"ni qabul qiladi.

Pep Gvardiola shogirdlari tezroq chempionlikni rasmiylashtirishni o'ylashmoqda. Buning uchun "shaharliklar" yana 5 uchrashuvda g'alabaga erishishlari kerak. Antonio Konte jamoasi esa faqatgina 3 ochko haqida o'ylamoqda. Etiboringizga bugungi uchrashuvdan oldingi malumotlarni taqdim etamiz.

"Manchester Siti"
Jamoa ketma-ket bir xil hisobda Liga kubogi finalida hamda APLda "Arsenal"ni mag'lub etdi. Gvardiola jamoasi oldindagi 10 uchrashuvning kamida 5tasida g'alaba qozonishi katta ehtimol. Biroq "shaharliklar" ustozi o'z intervyusida futbolda barcha kutilmagan holatlar bo'lishi mumkinligini tushuntirdi. Agarda jamoa tezroq chempionlikni qo'lga kiritadigan bo'lsa, Pep Gvardiola katta kuchni ECHLga tashlashi aniq.
Rahim Sterling hamda Kayl Uoker fitnes-testlardan o'tadi. Fabian Delf esa diskvalifikaciyasini o'tamoqda. Fernandino uchrashuvga qadar tiklanishi kutilmoqda. Benjamen Mendi "Manchester Siti"ga aniq yordam bera olmaydi, u taxminan bir oylardan keyin safga qaytishi kutilmoqda.



"CHelsi"
O'tgan dam olish kunlarida "CHelsi" "Old Trafford"da yaxshi o'yin namoyish etdi. O'yin durangga loyiq edi, biroq yakunda omad "qizil iblislar"ga kulib boqdi. "Aristokratlar"ning ushbu mag'lubiyati juda qimmatga tushdi va turnir jadvalida "Tottenxem"ni o'zlaridan o'tkazib yuborishdi hamda ECHLga tegishli bo'lmagan pog'onaga tushib ketishdi. SHanba kuni "shporlar" "Xaddersfild"ni mag'lubiyatga uchratishdi va "CHelsi" bilan oradagi farqni beshtagacha oshirib olishdi. Endi Antonio Konte jamoasi bahsda faqatgina g'alaba haqida o'ylashga majbur.
Ross Barkli jarohatidan tiklandi va o'yinga tushishga tayyor. "CHelsi"ning uch futbolchisi - David Luis, Temua Bakayoko hamda Etan Ampadu lazaretda.

O'zaro o'yinlar
"Manchester Siti" - "CHelsi".
APL doirasida: "Siti"da 10 g'alaba, "CHelsi"da 24, durang 7. To'plar farqi: 36-63.
Umumiy: "Siti"da 53 g'alaba, "CHelsi"da 64, durang 39. To'plar farqi: 197-218
Birinchi davradagi o'yin: 1:0.

O'tgan mavsumda "CHelsi" ikki marta "Manchester Siti"ni mag'lub etishni uddaladi. Biroq birinchi davradagi o'yinda Pep Gvardiola shogirdlari kichik hisobda g'alaba qozonishga erishdi.

Qiziqarli faktlar
- "Manchester Siti" APL doirasida so'nggi 13 uy uchrashuvida kamida ikkitadan to'p kiritgan holda g'alaba qozongan. 2013/14 yilgi mavsumda "Liverpul" ketma-ket 14 uy uchrashuvida bittadan to'p kirita olgandi.
- Serxio Aguero  APL doirasida "CHelsi" darvozasiga 5 to'p kiritgan.
- "CHelsi" "Manchester Siti"ga qarshi o'tgan so'nggi 8 uchrashuvning ikkitasida mag'lub bo'lgan.
- Pep Gvardiola jamoasi 7 marta "CHelsi" bilan kuch sinashgan va bir marta g'alabaga erishgan.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика