So’nggi yangiliklar

15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  2 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  2 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  1 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5

Prevyu. "Andijon" - "Dinamo" Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "Dinamo"

Hozircha raqib darvozaga bironta gol ura olmagan "Andijon" klubi o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qiladi.
ANDIJON – DINAMO
12 aprel. Andijon. “Sog'lom Avlod” stadioni 16:00.
Hakamlar:
V.Ceytlin, R.Serazetdinov, R.SHoyahmetov, R.Tolibjonov.
Nazoratchi: A.Abdullaev.

“Andijon” va “Dinamo” oliy ligada 36 bora to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 14tasida andijonliklar g'olib bo'lishgan. Etti o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar oliy ligada “Andijon”ni 15 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Andijon” darvozasiga 54ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 47ta. “Burgutlar” o'zaro o'yinlarda 49 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “arslonlar” 52 ochkoni qo'lga kirita olishgan. “Dinamo”ning oliy ligada “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1ni tashkil qiladi. “Andijon”ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:1ga teng.

O'tgan mavsum “Andijon” oliy ligada o'ynamagan. Bu jamoalarning elitadagi so'nggi o'zaro o'yinlari 2012 yilda bo'lib o'tgan. Vodiydagi bahsda Ro'zimboy Ahmedov, Ivan Nagaevning (2ta) gollari evaziga “Dinamo” yirik g'alabaga erishgan. “Dinamo” o'z uyida ham shu hisobda zafar quchgan. Qizig'i Samarqandda ham Ivan Nagaev dublga erishgan va Ro'zimboy Ahmedov bitta to'p kiritgan – 3:0.  

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.08.2012  Andijon – Dinamo  0:3
25.08.2011  Andijon – Dinamo  2:0
14.08.2010  Andijon – Dinamo  1:0
03.10.2009  Andijon – Dinamo  2:0
25.06.2008  Andijon – Dinamo  4:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Andijon” o'z uyida bo'lib o'tgan 18ta o'yinning 13tasida g'olib bo'lgan. 2ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Uch bor “Dinamo” Andijondan uch ochko bilan qaytgan.

Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика