So’nggi yangiliklar

13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  0 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  1 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  8 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  16 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3

Prevyu. "Al SHabab" - "Nasaf". "Ajdarlar"ning Osiyodagi yurishi davom etadimi yoxud engilmaslar to'qnashuvida kim g'olib chiqadi? Yangiliklar

Prevyu. "Al SHabab" - "Nasaf". "Ajdarlar"ning Osiyodagi yurishi davom etadimi yoxud engilmaslar to'qnashuvida kim g'olib chiqadi?

O'zbek jamoalari uchun katta futbol eshiklari ochilmoqda.

Bu boradagi dastlabki yurishni Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" boshlab beradi. "Ajdarlar" OCHL nimchorak final doirasida Qatarda Saudiya Arabistonining "Al SHabab" klubiga qarshi maydonga chiqishini barchamiz kutmoqdamiz. Yurtimiz nomidan bu bosqichdagi yagona jamoamiz bugungi bahsda ikki karra masuliyat bilan harakat qiladi. Biz esa uchrashuvdan oldingi ayrim malumotlar bilan o'rtoqlashamiz. 


Al Shabab

Hussain Al Qahtani - 12', Ever Banega - 54'

AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur

19/02/2023, 23:00

0
:
2
Tugadi

Nasaf Qarshi

45'
90'
7'  Hassan Tambakti
12'  Hussain Al Qahtani
12'  Ever Banega
54'  Ever Banega
54'  Hussain Al Qahtani
70'  Hattan Sultan Bahbri (Fahad Al-Muwallad)
83'  Cristian Guanca (Turki Al Ammar)
89'  Riyadh Sharahili (Majed Omar Kanabah)
90'  Nader Abdullah Al Sharari (Saeed Al-Rubaie)
65'  Sherzod Nasrulloev (Muhammadjon Rahimov)
65'  Golib Gaybullaev (Shukhrat Mukhammadiev)
79'  Javokhir Sidikov (Nodirbek Mukarov)
79'  Jurabek Mannonov (Shakhzod Akromov)
79'  Oybek Bozorov (Sukhrob Nurulloev)


"Nasaf" Saudiya Arabistoni klublariga qarshi 

Qarshi jamoasi uchun bu "Al SHabab" bilan ilk bellashuv hisoblanadi. Tomonlar shu vaqtgacha biror marotaba uchrashishmagan. Umuman olganda "Nasaf"ning Saudiya Arabistoni klublari bilan 6 marotaba ro'baro' kelgan. 1ta g'alaba "Al Ahli" bilan 4 bor (OCHL guruh bosqichi 2015,2016), "Al Feysali" bilan o'tgan yili 2 bor o'ynadi (0:0, 0:1). Yagona yutuq 2016 yil Qarshida qo'lga kiritilgan (2:1).  3ta mag'lubiyat va 2ta durang qayd etilgan. 4ta gol urgan va 6ta to'p o'tkazib yuborgan. 



Musobaqaga mag'lubiyatsiz qadam bilan

Ayni paytda ikki jamoa ikki hil holatda deyish mumkin. Bizda mavsum hali boshlanmagan, Saudiya Arabistonida esa chempionat qizigan pallasida. "Nasaf" mazkur uchrashuvga tayyorgarlikning asosiy qismini Antaliyada olib bordi. U erda "ajdarlar" 8ta nazorat uchashuvida qatnashdi va mag'lubiyatga uchramadi. "Al SHabab" esa rasmiy bahslarda so'nggi bor 5 yanvar kuni chempionat doirasida "Al Vexda"ga mag'lub bo'lgan(1:2). Ketma-ket 7ta bellashuvdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Turnir jadvalida 40 ochko bilan 3 o'rinda ketmoqda. "Nasaf" tarkibdagi o'zgarishlar, jarohatlar va boshqa qiziq malumotlar quyidagi havolada batafsil o'qishingiz mumkin. 


Qishki tanaffusda “Nasaf” qanday o'zgardi: etakchilar qoldi, transferlar deyarli amalga oshirilmadi (mutolaa uchun)



"Al SHabab" tarkibiga nazar 

Riyodliklar safida jami 7 nafar legioner harakat qiladi. "Valensiya" va "Sevilya"dagi o'yinlari bilan tanish bo'lgan, JCH-2014 finalchisi argentinalik Ever Banega, polshalik yulduz Gjegosh Krixovyak, ispaniyalik forvard Santi Mina, Janubiy Koreya terma jamoasi darvozaboni Kim Seng Gyu, gabonlik Aron Bupenza, braziliyalik Karlos Korvalyu (to'purar, bu mavsum 21ta uchrashuvda, 17ta gol urgan) "Al SHabab" legionerlari hisoblanadi. Mahalliy futbolchilardan Faxad Al Muvallad, Navaf Al Obid to'p tepmoqda. Jamoaning o'rtacha yoshi 26,5 tashkil qiladi. Transfermarket portali jamoaning umumiy narxini 40 million evroga yaqin baholagan. Eng qimmat futbolchisi gabonlik Aron Bupenza, uning narxi 8 million evro. OCHLda ayni paytda klublar umumiy zayavkaga xohlagancha legionerni kiritishi mumkin, faqatgina o'yinda 3+1 kvotasidan foydalanishga majbur bo'lishadi. Yani "Al SHabab" 8 nafar legionerni ro'yxatga kiritishi mumkin, faqat "Nasaf" bilan bahsda ulardan 4 nafari maydonga tushish huquqi ega xolos. SHu 4 legionerning biri albatta osiyolik bo'lishi shart. Bundan kelib chiqadiki koreyalik posbon Kim Seng Gyu "Nasaf"ga qarshi o'ynashi aniq. Yana 3ta joyga ispaniyalik bosh murabbiy Visente Moreno qolgan 7 legioner orasidan tanlaydi.


Bugungi raqib hujumkor taktikada harakat qiladi, Visente Moreno 4-3-3 taktikasidan foydalanadi. Karlos, Mina, Kristian Guancha oldingi chiziqda o'ta xavfli. Vaziyatlardan foydalanish yuqori darajada deyish mumkin. Bir tur oldin jamoa "Al Batin" bilan kuch sinashgan, o'yinda berilgan 4ta aniq zarbaning bari gol bilan tugagan (4:2). "Al Tai" bilan ham deyarli shunga o'xshash, 3ta aniq zarba, 2ta gol.



Hakamlar 

Bugungi uchrashuvni Adham Muhammad Tumah boshchiligidagi iordaniyalik hakamlar brigadasi boshqaradi. Mazkur referi ilk bor "Nasaf" ishtirokidagi o'yinda ishlaydi. 




Taxminiy tarkiblar

"Al SHabab": Kim Seng Gyu, Al Xarbi, Al Rubai, Al Tambakti, Al Sagur, Ever Banega, Riad SHaraxili, Xusain Al Qaxtani, Kristian Guancha, Xattan Baxebri, Karlos Karvalyu

"Nasaf": Abduvohid Nematov, SHerzod Nasrullaev, SHuhrat Muhammadiev, G'olib G'aybullaev, Umar Eshmurodov, Alibek Davronov, Akmal Mozgovoy, Javohir Sidiqov, Bahrom Abdurahimov, Oybek Bozorov, Husayin Norchaev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика