So’nggi yangiliklar

09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  4 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  5 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0

Prevyu. Ahmedov va Denisov jamoalari Krasnodarda to'qnash keladi Yangiliklar

Prevyu. Ahmedov va Denisov jamoalari Krasnodarda to'qnash keladi

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da ikki nafar hamyurtimiz to'p tepayotgan "Krasnodar" va "Lokomotiv" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
KRASNODAR - LOKOMOTIV
25 aprel. Krasnodar. "Kuban" stadioni. 21:00.
Hakam
- Sergey Lapochkin (S.Peterburg).
Translyaciya - "Nash Futbol".
 
Turning markaziy o'yinlaridan birida "Krasnodar" o'z uyida Moskvaning "Lokomotiv" klubini qabul qiladi. O'tgan turda "buqalar" CSKA bilan safardagi bahsda Vandersonning goli evaziga durang qayd etdi. Oleg Kononov jamoasi CSKAdan 4 ochko farq bilan hamon ikkinchi o'rinda bormoqda. "Krasnodar" uchun Evropa chempionlar ligasi yaqin, buning uchun g'alaba qozonishda davom etish kerak. Navbatda "Lokomotiv" turibdi. Bu jamoa Evropa ligasi yo'llanmasi uchun kurashishda davom etmoqda. O'tgan turda "temiryo'lchilar" autsayderlardan biri "Ufa"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi.



"Loko"da Rossiya kubogi yarim finali ham bor. "Krasnodar"ga qarshi o'yindan so'ng Moskva klubi "Gazovik" bilan o'ynaydi. Aynan keyingi o'yin "Lokomotiv" uchun muhimroq hisoblanadi. Biroq bugun Krasnodar klubi oson g'alabaga erishadi degani emas. "Loko" kerakli vaqtda sifatli o'yin namoyish eta oladigan mahoratli futbolchilarga ega.

"Lokomotiv" "Krasnodar"ga qarshi o'yinlarda kattagina ustunlikka ega. Moskva klubi 7 o'yindan 5tasida zafar quchgan. Krasnodar klubi ilk g'alabasini 2012 yilida qo'lga kiritgan. Bu mavsumning ilk turida ushbu jamoalar o'rtasidagi bahsda durang qayd etilgan. "CHerkizovo"dagi bahsda hisob ochilmagandi.

"Krasnodar"da himoyachi Artur Endjeychik va yarim himoyachi Joaozino jarohat tufayli maydonga tusha olishmaydi. Yuriy Gazinskiyning maydonga tushishi so'roq ostida. "Lokomotiv" safida o'tgan turda qizil kartochka olgan va diskvalifikaciya qilingan Dmitriy Tarasov maydonga tusha olmaydi. Mavsum oxiriga qadar Yan Dyurica safdan chiqdi. Mutaxassislar "Krasnodar"ni uchrashuvning yaqqol favoriti deb hisoblashmoqda.

Rossiyalik hamkasblarimiz taxminiy tarkiblarda O'zbekiston terma jamoasi azolarining ilk daqiqalardanoq maydonga tushishini aytishmoqda.
 


Yo'qotishlar:
"Krasnodar": Artur Endjeychik (jarohat), Joaozino (jarohat)   
"Lokomotiv": Yan Dyurica (jarohat), Dmitriy Tarasov (diskvalifikaciya)
 
Taxminiy tarkiblar:
4-5-1: Dikan, Kaleshin, Grankvist, Sigurdsson, Petrov, Pereyra, ODIL AHMEDOV, Izmaylov, SHirokov, Mamaev, Ari.   
4-5-1: Gilerme, SHishkin, CHorluka, SHeshukov, VITALIY DENISOV, Samedov, Mixalik, Fernandesh, Bussufa, Kasaev, SHkuletich.


 
O'zaro o'yinlar:

 23.04.2011. "Kuban" stadioni (Krasnodar) - 1:4 (SHipicin - SHishkin, Ibrichich, Ignatev, Sychev).
 21.08.2011. "Lokomotiv" stadioni (Moskva) - 0:1 (Glushakov).
 04.08.2012. "Kuban" stadioni (Krasnodar) - 3:1 (Avtogol, Joaozino, Movsisyan - Kaysedo).
 24.11.2012. "Lokomotiv" stadioni (Moskva) - 2:3 (SHipicin, Vanderson - N'Doye-2, Obinna).
 05.08.2013. "Lokomotiv" stadioni (Moskva) - 1:3 (Joaozino - Denisov, N'Doye, Dyurica).
 26.04.2014. "Kuban" stadioni (Krasnodar) - 1:3 (Joaozino - Al.Miranchuk, Samedov-2).
 03.08.2014. "Lokomotiv" stadioni (Moskva) - 0:0.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика