So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  0 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  6 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  5 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Predrag Rogan: "Bu mag'lubiyat tarixga aylandi. Ishlashda davom etamiz" Yangiliklar

Predrag Rogan: "Bu mag'lubiyat tarixga aylandi. Ishlashda davom etamiz"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Predrag Rogan fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

"Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz uchun qiyin o'yin bo'ldi. Bu mavsumdagi uchinchi qizil kartochkani oldik. "Bunyodkor" bilan o'yinda ham bugungidek holat takrorlangandi. 90 minut 1:0 hisobida oldinda borayotib yakunda mag'lub bo'lish alamli. Ishlashda davom etamiz. Bu endilikda tarix. Futbol kurashlarga boy o'yin. SHu bois maydonda o'ylab o'ynash kerak. 

- Qizil kartochka bilan bog'liq vaziyat haqida...

- Nima uchun birinchi sariq kartochkani berdi? Bilmadim. "Dinamo" bir oila. Oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Hakamlarni muhokama qilish mening vazifam emas. 

Mashg'ulotlarda hammasini qilyapmiz. Bunday mag'lubiyatni qabul qilish og'ir. 

- "Dinamo" vaqt cho'zdi. "Metallurg" "Qizilqum"ga qarshi o'yinda yutib turgan joyida vaqt cho'zib qo'shimcha daqiqalarda gol o'tkazib yuborgandi. Bunday yutib turganda vaqt cho'zish chiroyli futbolni yo'qqa chiqarmaydimi?

- "Navbahor"ga qarshi o'yinda ko'p kuch yo'qotdik. Tarkibdagi aksariyat futbolchilar endi o'ynayapti. Bosim katta. Energiya ko'p sarflanadi. Buni tushunaman. Menga alam qilayotgani shuki, muxlislar shuncha joydan kelib qo'llab-quvvatlashdi. Afsuski, ularga kerakli natijani sovg'a qila olmadik. Buning uchun uzr so'rayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика