"Portu" 90+19-daqiqada mag'lubiyatdan qutilib qoldi
04 sen 2023 10:30
Yangiliklar
"Portu" 90+19-daqiqada mag'lubiyatdan qutilib qoldi
Mehmonlar 83-daqiqada hisobni ochishdi — Kristo Gonsales gol muallifi. O'yinning asosiy vaqtiga 17 daqiqa qo'shib berildi. Natijada, jamoalar yana 20 daqiqadan ko'proq o'ynashdi.
90-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi, lekin bosh hakam Migel Nogeyra texnik muammolar tufayli VAR-markazidagilar bilan bog'lana olmasligi oqibatida o'yinda to'xtalish sodir bo'ldi. Oxir-oqibat hakamga mobil telefon berishdi va u hamkasblari bilan telefon orqali bog'lanib, o'n bir metrlik jarima zarbasini bekor qildi.
"Portu" 90+15-daqiqada penalti tepish huquqiga baribir ega bo'ldi, biroq undan foydalana olmadi. Oradan yana to'rt daqiqa o'tib, 90+19-daqiqada "Portu" hisobni tenglashtirishni amalladi.
Eslatib o'tamiz, Serjiu Konseysau shogirdlari Portugaliya chempionatida 2-o'rinni egallab turishibdi, jamoa hisobida 10 ochko bor. "Aroka" esa 6 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar