Polsha terma jamoasi o'yinchilari Levandovskining sardorlik bog'ichi olib qo'yilganini "nishonlashdi"
09 iyu 23:24
Yangiliklar
Polsha terma jamoasi o'yinchilari Levandovskining sardorlik bog'ichi olib qo'yilganini "nishonlashdi"
Polsha terma jamoasi futbolchilari jamoada sardor almashganidan xursand bo'lishdi.
Avvalroq malum bo'lishicha, Robert Levandovski sardorlik bog'ichidan mahrum qilingan va shundan so'ng murabbiy almashmaguncha milliy jamoada o'ynamaslikka qaror qilgan.
Przegląd Sportowy xabariga ko'ra, sardor almashtirish qarori boshqa o'yinchilar tomonidan qarsaklar bilan kutib olingan. "Futbolchilar nishonlashmoqda", – deb aytgan vaziyatdan xabardor manba.
Shuningdek, bosh murabbiy Mixal Probej bu qarori bilan o'yinchilarning "hurmatiga sazovor bo'lgani" takidlanmoqda.
Robert Levandovski milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib, u 85 ta gol urgan. Hujumchi terma jamoada 2008 yildan beri o'ynab kelardi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar