Pogba undan Jahon chempioni medalini o'g'irlashganini aytdi
23 mar 2022 10:16
Yangiliklar
Pogba undan Jahon chempioni medalini o'g'irlashganini aytdi
"Manchester Yunayted" va Franciya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba o'tgan haftada sodir bo'lgan uyidagi o'g'rilik va CHempionlar Ligasidan chiqib ketish borasidagi qiyinchiliklarni aytdi.
"Men bilan barchasi joyida, oilam bilan ham. O'zgacha haftani o'tkazdim. CHempionlar Ligasida bahs davomida o'ynamasligimni bildim va uyga borganimda uni o'marib ketishganini aniqladim - uch odam mening seyfimni o'g'irlashdi. U erda onamning taqinchoqlari, Jahon chempionati medalim bor edi...
Eng qo'rqitgani voqea paytida ikki farzandim uyda enaga bilan edi. U barchasini eshitdi, xotinimga va qo'riqlash xizmatiga qo'ng'iroq qildi, keyin esa xonada bolalarim bilan qulflanib oldi. Bundan bir necha kun o'tib u shokda edi. Eng asosiysi, bolalarim bilan barchasi joyida", - deydi Pogba.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar