Pogba - Mourinyu bilan munosabatlari haqida: "O'shanda doimo depressiya bo'lardim"
23 mar 2022 23:54
Yangiliklar
Pogba - Mourinyu bilan munosabatlari haqida: "O'shanda doimo depressiya bo'lardim"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba mankunianliklarning sobiq ustozi Joze Mourinyu bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Biz juda katta mablag' ishlab topamiz, shu sababdan nolishga haqqimiz yo'q. Ammo bizning hayotimizda oddiy insonlarda bo'lmaydigan holatlar uchrab turadi. Joze "Manchester Yunayted"ni boshqarib turgan vaqtda menda depressiya bo'lardi. Doim ham katta maosh bizni baxtli qilib qo'ymaydi. O'shanda men haq bo'lganmanmi yoki aybdor, doimo shu savolga javob topishga harakat qilaman", - dedi Pogba.
29 yoshli Pogba 2016 yildan buyon "Manchester Yunayted"da harakat qilmoqda. Umumiy olganda u jamoa tarkibida 229 o'yinda qatnashib, 39 gol va 51 assist qayd etgan. Uning klubi bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar