Pogba: "Eng yomoni - maydonga tushmaslik" Yangiliklar

Pogba: "Eng yomoni - maydonga tushmaslik"

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoaning o'yinlari haqida gapirdi.

"Biroz tushkunlikka tushganman. MYUning yutqazayotganini ko'rdim, biroq shunday paytlarda eng yomoni - maydonga tushmaslik. Tezroq safga qaytib, mashg'ulotlarga qaytishni istayman. Ammo hozirda eng asosiysi - jarohatdan forig' bo'lish", - dedi Pogba.

"Yunayted" o'tgan turda "Bornmut"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ayni damda 13 ochko bilan 10-o'rinda ketishmoqda.

Pogba so'nggi bora 30 sentyabr kuni "Arsenal"ga qarshi bahsda qatnashgandi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика