Pogba bilan 5 klub muzokaralar olib bormoqda
23 mar 2022 22:50
Yangiliklar
Pogba bilan 5 klub muzokaralar olib bormoqda
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba yozda erkin agent sifatida jamoadan ketishi mumkin.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, yarim himoyachining agentlari guruhi "Real", PSJ, "Yuventus" va APLning ikki klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq biror klub unga rasmiy taklif jo'natmagan.
Franciyalik futbolchi esa "Manchester Yunayted"dan ketishi borasida biror qarorga kelganicha yo'q. Barchasi jamoaga keladigan yangi bosh murabbiyga bog'liq bo'ladi.
Qayd etilishicha, MYU rahbariyati Pogbaga shartnomani uzaytirish bobida muzokaralar ham olib bormayapti.
Ushbu mavsumda 29 yoshli xavbek MYU tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar