Pochettino: "Real" qo'ng'iroq qilsa, biz tinglashga majburmiz"
02 iyu 2018 11:34
Yangiliklar
Pochettino: "Real" qo'ng'iroq qilsa, biz tinglashga majburmiz"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Real"ga o'tishi borasida fikr bildirdi.
"Sizga "Real"dan qo'ng'iroq qilishsa, ularni tinglashga majbursiz. Biroq ayni damda bu menga bog'liq emas. Yaqindagina "Tottenxem" bilan 5 yillik shartnoma imzoladim va bu klubda juda baxtliman. Bu erda ishimga aralashishmaydi. Hozir kelasi mavsum rejalariga etibor qaratganman va har qadamda aytiladigan gaplardan uzoqlashmoqchiman. Mish-mishlar ko'p bo'ladi, biroq hozircha menda "Real" borasida yangilik yo'q" - deydi Pochettino.
Oldinroq, Zinedin Zidan "Real"dan ketganini elon qilgan edi. SHundan so'ng Pochettino "Qirollik klubi" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar