Pochettino: "Hisob-kitoblarimizga ko'ra, Neymar "Real"ga qarshi maydonga tushadi"
10 fev 2022 23:35
Yangiliklar
Pochettino: "Hisob-kitoblarimizga ko'ra, Neymar "Real"ga qarshi maydonga tushadi"
Murabbiy braziliyalik forvard ECHL o'yinlariga qadar tiklanishi mumkinligini aytdi.
PSJ klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Neymar "Real Madrid"ga qarshi o'yinga qadar safga qaytishi mumkinligini malum qildi.
"Hisob-kitoblarimizga ko'ra, Neymar "Real"ga qarshi maydonga tushadi. Barcha katta futbolchilar bu kabi o'yinlarda maydonga tushishni istashadi. Neymar bunday katta o'yinlarga jarohatlar bilan etib kelish nimaligini juda yaxshi biladi. U kerakli o'yinga bor energiyasini jamlash va maydonga tushishni uddalash uchun etarli darajada etuk o'yinchi. Buning uchun barcha sharoit etarli", -deydi Maurisio Pochettino.
Neymar joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
PSJ - "Real" o'yini 15 fevralda, javob bahsi esa 9 martda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar