So’nggi yangiliklar

07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  0 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4

Pike: "Roy Kin manyaklarga o'xshardi..." Yangiliklar

Pike: "Roy Kin manyaklarga o'xshardi..."

"Barselona" himoyachisi Jerard Pike "Manchester Yunayted"daligidagi bir epizodni yodga oldi.

"Old Trafford"dagi ilk uchrashuvlardan biri edi. Biz o'yinga tayyorgarlikni kiyinish xonasida davom ettirayotgandik, men esa qattiq asabiylashayotgandim.

Tasavvur qiling, men 18 yoshman, kichikkina xonada Van Nistelroy, Giggz, Ferdinand bilan yonma yon o'tirib, getralarni kiymoqdamiz. Ko'rinmas odam bo'lib qolishni istardim. "SHunchaki o'z ishingni bajar, o'shanda seni hech kim koyimaydi", - deb o'yladim.


O'tiribmiz va murabbiy kelib, qarorlarini aytishini kutyapmiz. Men esa Roy Kinning to'g'risidaman. Kiyinish xonasi juda torligidan, barchaning oyoqlari bir-biriga tegib turibdi. Joy umuman yo'q.

Sokinlik. To'satdan juda past ovozdagi silkinishlarni eshitdim. Bzzzzz, bzzzzz.... Roy atrofga qaramoqda. Bzzzzz... Endi tushundim, bu mening telefonim ekan. Men uni Royning boshini tepasiga qo'yilgan sumkaning ichidagi kiyimimga qo'ygandim.

Kin ovoz chiqayotgan joyni topa olmayotgandi. U xonaga xuddi manyaklardek qarardi, ko'zlarini chaqchaytirardi va voqeani tushunishga intilardi. Zombilar haqidagi filmda mashhur sahna bor edi, Jek Nikolson o'shanda eshikni buzardi. Roy xuddi shunday holatda edi.

"Kimning telefoni?". Jimlik. U yana so'radi. Jimlik. Uchinchi marta so'radi: "Bu kimning telefoni, jin ursin".

Nihoyat men yosh bolalarcha astalik bilan: "Kechirasiz, mening telefonim". Roy esa meni quchoqladi va qo'rqmasligimni aytdi.

Albatta, men hazillashdim. Roy aqldan ozayozdi, hammaning ko'z oldida menga tashlandi. Bunga ishonish qiyin, bu menga yaxshi dars bo'lgandi", - dedi Pike.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика