So’nggi yangiliklar

11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  34 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  4

PFL Stanislav Andreevni mavsum yakuniga qadar diskvalifikaciya qildi Yangiliklar

PFL Stanislav Andreevni mavsum yakuniga qadar diskvalifikaciya qildi

Superliganing 29-turidan joy olgan “Metallurg” - “Navbahor” o'yini Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqildi.

Bunda komissiya azolari uchrashuvning 27-daqiqasida ogohlantirilgan Islom Isoqjonov hamda 90+4-daqiqada ogohlantirilgan Stanislav Andreevning hatti-harakatlariga jiddiy etibor qaratdi.

Komissiya xulosasiga ko'ra, Isoqjonov sariq kartochkani o'zi uchun qasddan tilab olmagan. Biroq Andreevning harakatlarini bunday deb bo'lmaydi. U o'yin so'ngida vaqtni atayin cho'zgan va hakam tomonidan sariq kartochka ishlab olgan. Komissiya xulosasiga ko'ra, Andreev kelasi turdagi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborish maqsadida bu ishga qo'l urgan. CHunki, endilikda uning ogohlantirishlari soni 4 taga etdi. Bu orqali Andreev mavsumning so'ngi ikki turida bemalol harakat qila olishi mumkin edi.

Tartib-intizom qo'mitasi reglamentining “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 5-bo'lim 5.6 bandida ko'rsatilgan “ahloqiy meyorlarga amal qilmaslik, mug'ombirlik ishlatish hamda sportchiga xos bo'lmagan xulqi uchun” qismiga bepisandlik bilan munosabatda bo'lgan “Metallurg” futbolchisi Stanislav Andreevni 5 million so'm jarimaga tortdi va qo'shimcha tarzda 31-tur o'yinidan ham chetlatdi. Andreev bungacha “Navbahor”ning ikki futbolchisi ham xuddi shunday band bilan jazoga tortilganidan xulosa chiqarmagani uchun 32-turni ham o'tkazib yuboradi. Demak, uning uchun 2018 yilgi mavsum o'z yakuniga etdi.

SHu tariqa Stanislav Andreev “Metallurg”ning nafaqat “Paxtakor”, balki “Bunyodkor” va “Buxoro” jamoalariga qarshi uchrashuvlarida ham ishtirok eta olmaydi. Kelgusida PFL bu kabi holatlarni aniqlaydigan bo'lsa, futbolchilarni jiddiy jazo kutadi. SHuningdek, futbolchilarga sariq kartochka ko'rsatayotgan hakamlar masalasi ham o'rganib chiqiladi.

Malumot uchun, PFL komissiyasi 29-turdan joy olgan “Buxoro” — “Paxtakor” o'yinidagi Marko Simichning ham sariq kartochkasini o'rganib chiqqan. CHunki unda ham sariqlar soni 4 taga etgan. Xulosaga ko'ra, Simich va “Buxoro” vakili SHahboz Erkinov o'yin boshidan buyon o'zaro chiqisha olmagan hamda sariq kartochka kelishmovchilik ortidan kelib chiqqan. PFL bu holatni ortiqcha jazolarsiz yopishga qaror qildi. Agar Simichda ham Andreevdagi kabi holat bor deb xulosa berilganida, “Paxtakor” himoyachisi uchun ham 2018 yilgi mavsum “eshiklari” yopilardi.

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика