So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

PFL Davron Hoshimovni kechirdi Yangiliklar

PFL Davron Hoshimovni kechirdi

Superliganing 21-turidan keyin PFL “Navbahor” futbol klubini 10 million va yana uch nafar futbolchini 5 million so'mdan jarimaga tortgandi.

Bugun — 14 avgust kuni jarima tortilgan futbolchilardan biri Davron Hoshimov PFLga tashrif buyurdi va bo'lib o'tgan ish yuzasidan tushuntirish berdi.

“Kechasi bilan uxlolmay chiqdim. Sizlarni ishontirib aytamanki, men sariq kartochkani “tozalanib olish” uchun olganim yo'q. Ko'pchilik yaxshi biladi, futbol o'yini vaqtida hissiyotlarga tez berilaman. Uchrashuvdan keyin qilgan ishlarim uchun pushaymon bo'lgan vaqtlarim ko'p bo'lgan. Ammo “Buxoro”ga qarshi o'yinda sariq kartochkani qasddan tilab olganim yo'q, men bunday ishlarga qo'shilmayman va buni qoralayman”, — deydi Davron Hoshimov.

Davron Hoshimov PFL qarorlariga etiroz bildirmasligi haqida aytdi. SHunchaki, asl haqiqat qanday bo'lganini malum qilish uchun ham tashkilot ofisiga tashrif buyurganini tushuntirdi.

“Paxtakor”da qolishim ham mumkin edi. Biroq bunda ko'p vaqtim zaxirada o'tib ketishi katta ehtimol bo'lib turgandi. Men esa maoshi kamroq bo'lsa-da, “Navbahor”ni tanladim. Bunda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish va shu yo'l orqali milliy termaga qaytishim mumkinligi haqida o'yladim. Mana shunday vaqtda qaysidir o'yinni qo'yib yuborishni xayolimga ham keltirmayman. Men oilada katta farzandman. Men qancha ko'p o'yinda maydonga tushsam, o'zimga shuncha yaxshi”, — dedi futbolchi.

Himoyachi o'zidan keyin ogohlantirish olgan futbolchilar masalasiga ham etibor qaratdi. Uchrashuvdan keyin yosh Oston O'runovni koyigani, endi “gullayotgan” futbolchi bunday yo'l tutishi to'g'ri emasligini tushuntirgani haqida so'zlab berdi. Suhbat davomida Jahongir Mehmonov hamda Oston O'runovning mug'ombirlik yo'li bilan sariq kartochka olganiga shubha qolmadi. Davron Hoshimov esa vaziyat aslida qanday bo'lgani borasida tushuntirish berdi hamda PFL vaziyatni takroran o'rganib chiqishini so'radi.

“Men bunday ishlarga aralashmayman. Menga ko'proq o'ynaganim, yaxshiroq pul topib, oila tebratganim maqul. Hatto vaziyat mening foydamga hal qilinmasa ham roziman. SHunchaki, muxlislarda shubha bo'lmasligi uchun ham shu erdaman”, — deb aytib o'tdi “Navbahor” himoyachisi.

PFL komissiyasi erta tongda PFLga etib kelgan Davron Hoshimov ogohlantirilgan vaziyatni qayta ko'rib chiqib, o'z qaroriga tushdan keyin o'zgartirish kiritdi. Unga ko'ra, “Navbahor” futbol klubi o'z gardanidagi 10 million so'mni, shuningdek, Jahongir Mehmonov hamda Oston O'runov 5 million so'mni jarima sifatida to'lab beradi. Mazkur ikki futbolchi 22-turdan tashqari 23-tur bellashuvlarini ham o'tkazib yuboradi.

Davron Hoshimovga nisbatan chiqarilgan hukm esa o'z kuchini yo'qotadi. PFL qolgan futbolchilarni ham halol o'ynashga, muxlislarni, futbolni va o'zlarini aldamaslikka chorlab qoladi.

Hoshimov 23-tur o'yinida ishtirok etish huquqiga ega. “Navbahor” bu turni kimga qarshi o'tkazishi esa 22-tur yakuniga etgach tashlanadigan qura oydinlik kiritib beradi.

Reyting: +101   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика