Peres: "Mbappe? Bizda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga qodir Vinisius va Rodrigo bor"
18 okt 2022 15:48
Yangiliklar
Peres: "Mbappe? Bizda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga qodir Vinisius va Rodrigo bor"
"Real" prezidenti Florentino Peres "Real" yana bir bor PSJning 23 yoshli franciyalik hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
"Mbappe haqidagi mish-mishlar? Yo'q, men bundan charchamadim, chunki bunday xabarlarni o'qimayman ham. "Real"ning kelajagi porloq. Vinisius va Rodrigo – eng yaxshi futbolchilar. Kelajakda ular "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishlari mumkin", – dedi Peres.
Mbappe joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va transfer narxi 160 million evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar