Penaltidagi “ikkinchi teginish” qoidasiga o'zgartish kiritildi
03 iyu 2025 19:39
Yangiliklar
Penaltidagi “ikkinchi teginish” qoidasiga o'zgartish kiritildi
Xalqaro futbol qoidalarini belgilaydigan IFAB tashkiloti penalti zarbasi paytidagi “ikkinchi teginish” (dvoynoe kasanie) bo'yicha yangi tartibni tasdiqladi.
Endilikda, agar penalti ijrochisi to'pga ikki marta tasodifan tegib yuboradigan bo'lsa — masalan, tepish paytida oyog'i to'satidan sirpanib ketib, to'pga dastlab tayanch oyog'i orqali va keyin to'g'ridan to'g'ri uriladigan bo'lsa — va bunday vaziyatda to'p darvozaga kirib ketsa, hakam zarbani qaytadan ijro etishga ruxsat beradi.
Avvalgi qoidaga ko'ra, bunday holatda gol bekor qilinishi va raqib jamoaga erkin zarba berilgan bo'lardi. Yangi tartib futbolchilarga noxush hodisalar tufayli adolatsiz holatga tushib qolmaslik imkonini beradi.
Bu o'zgarish 2025 yilning 1 iyulidan rasman kuchga kiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar