So’nggi yangiliklar

13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  2 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  0 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  13 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  11 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  11 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  4 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  4 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  21 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  5 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  19 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  5 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  9 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  5 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  27

Penalti noto'g'ri belgilangani malum qilindi Yangiliklar

Penalti noto'g'ri belgilangani malum qilindi

O'zFHM matbuot xizmati "Buxoro" - "Olimpik" bahsida belgilangan penalti borasidagi qarorni malum qildi.

"Biroz avval o'z nihoyasiga etgan Coca-Cola Superliga 19-turi doirasidagi “Buxoro” – “Olimpik” bahsining 100-daqiqasida “Buxoro” jarima maydonchasi ichida mehmonlar azosi yiqilgach, uchrashuv bosh hakami Komiljon Rasulov 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. SHundan so'ng, uchrashuv VAR hakamlari uni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko'rib chiqishga chorladi. Bosh hakam esa takrorlardan so'ng ham qarorini o'zgartirmagach, penalti baribir belgilandi.

Natijada, o'yin taqdirini hal qilgan ushbu bahsli vaziyat bo'yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig'ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni etiboringizga havola etamiz.

Mazkur vaziyatda birinchi bo'lib “Buxoro” himoyachisi to'pga o'ynagan. Malumki, bu kabi holatlarda garchi raqib futbolchisiga nisbatan biroz qo'pollik sodir etilsa ham, himoyalanayotgan jamoa azosi to'pga o'ynagan bo'lsa, penalti belgilanmaydi. SHu qoidalarga asoslangan holda, ekspertlar bir ovozdan penaltining noto'g'ri belgilanganini qayd etishdi.

Mazkur vaziyat ishi O'FA hakamlar qo'mitasiga oshirildi va tez orada qo'mita xulosasi ham taqdim etiladi. SHuningdek, bu holat O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasida ham ko'rib chiqiladi", - deb yoziladi O'zFHM bayonotida.

Reyting: -49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика