Pellegrini: "Betis" o'yinchilariga "Barselona"ni yutmoqchiligimizni aytdim"
04 dek 2021 13:37
Yangiliklar
Pellegrini: "Betis" o'yinchilariga "Barselona"ni yutmoqchiligimizni aytdim"
"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Barselona"ga qarshi La Liga doirasidagi o'yinda nimalarni kutayotganini aytdi.
"Kiyim almashtirish xonasida juda yaxshi atmosfera, sababi barcha o'yinchilarga "Barselona"ni mag'lub etmoqchiligimizni aytdik. "Barsa" Xavi qo'l ostida yaxshi natijalar ko'rsatdi. Ular ikkita o'yinni yutishdi. "Barsa"da oldingi murabbiy bilan ham yaxshi natijalar bo'lgan edi. Ikki vaziyatni taqqoslash qiyin.
Xavi boshchiligidagi "Barsa"ni mag'lub etish qiyinmi yoki Kuman qo'l ostidagi? Oson yoki qiyin bo'ladi deb o'ylamayman. Ularda juda yaxshi o'yinchilar bor. Jamoa CHempionlar Ligasining keyingi bosqichiga chiqmoqchi. Qiyin o'yin bo'ladi", - deydi Pellegrini.
"Barselona" va "Betis" o'rtasidagi o'yin bugun bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:15da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar