"Paxtakor"ning yosh tarkibi Gruziya klubiga imkoniyatni boy berdi
13 fev 2023 21:31
Yangiliklar
"Paxtakor"ning yosh tarkibi Gruziya klubiga imkoniyatni boy berdi
Turkiyadagi yig'in doirasida Toshkentning "Paxtakor" klubi Gruziyaning "Dinamo" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Maksim SHackix odatga ko'ra ikkita o'yinning birinchisida yoshlardan foydalandi.
Faqatgina asosiy jamoadan Sanjar Quvvatov darvozadan joy oldi. U ham ikkinchi bo'lim o'rtalarida jarohat olganligi bois, o'z o'rnini Eldor Suyunovga bo'shatishga majbur bo'ldi.
O'yinni boshida o'tkazib yuborilgan ikkita gol "Dinamo" Batumiga g'alaba taqdim qildi.
Ertaga "sherlar"ning asosiy tarkibi "Dinamo" Kiev klubiga qarshi yig'indagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi.
"PAXTAKOR" - "Dinamo" (Batumi, Gruziya) 0:2
Gollar: Flamarion, Vacadze
"Paxtakor" (boshlang'ich tarkib): Quvvatov (Suyunov), Todorov, Hamraliev, Abdumajidov, Poyonov, Beglarxonov, Usmonov, Xolmatov, O'rinboev, Saidnurullaev, Turdimurodov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar