So’nggi yangiliklar

11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  3 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  3 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   1 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  2 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  6 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3

"Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'ladi? (So'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

"Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'ladi? (So'rovnoma yakunlari)

Hozirda ko'pchilikni SHota Arveladzening o'rnini kim egalllaydi degan savol qiziqtirayotgani bor gap.

Bu mavsum ham O'zbekiston chempionati va Kubogini qo'lga kiritgan gruziyalik murabbiy "Paxtakor" bilan xayrlashishga qaror qildi. Endilikda bo'shab qolgan o'rinni kim oladi, shu kunlarda ko'pchilikni bu savol qiziqtirayotgani bor gap. 

Telegram kanalimizga "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'ladi?" mazmunida so'rov qo'ygandik va variantlar sifatida besh nafar murabbiyni keltirganmiz. Quyida so'rovnoma natijalariga to'xtalib o'tamiz.


 

12 mingdan ziyod o'quvchi qatnashgan so'rovda Piter Xyuistra variati eng ko'p 38 foiz ovoz to'pladi. Niderlandiyalik murabbiy balki shu paytgacha panada qolib kelgandir, biroq Osiyo chempionlar ligasida Arveladzeda koronavirus bilan bog'liq muammolar paydo bo'lganida bu murabbiy jamoani boshqarib, o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Ko'rinib turibdiki, Xyuistra "Paxtakor"ni boshqara olish salohiyatiga ega va katta ehtimol shu mutaxassis rasman tayinlansa kerak. 

Keyingi o'rinni 18 % ovoz bilan Jasur Abduraimov egalladi. Abduraimov yangi murabbiylar shtabi kelguniga qadar jamoani boshqarib kelayotgandi. Klubda ancha yillardan beri faoliyat yuritib kelayotganini inobatga olsak, jamoaning yutuq va kamchiliklarini juda yaxshi biladi, barcha futbolchilarni taniydi va balki u ham bosh murabbiy bo'lib qolishi mumkin. 

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Paxtakor"ni boshqaradimi? Kim bilsin. Berdiev varianti 17 foiz ovoz bilan uchinchi bo'ldi va murabbiy Qarshidan Toshkentga ko'chib kelishi ham mumkin. Lekin masalaning yana bir tomoni, "Nasaf" ham kelasi yil xalqaro maydonlarda o'ynaydi. SHunda Berdiev "Paxtakor"ga keladigan bo'lsa, "Nasaf"ni kim boshqaradi degan savol tug'iladi. SHu bois Ro'zi akaning Qarshidan kelishi juda qiyin masala bo'lsa kerak. 

Variantlar orasida taxmin qilingan Mirjalol Qosimov 14 % ovoz to'pladi. AGMK bosh murabbiyi bir paytlari o'zi to'p tepgan "Paxtakor"da ishlashi mumkinmi? Agar shunday bo'lsa, bu haqiqiy "bomba" bo'ladi. Evropada ko'p bor ko'ramiz, murabbiy o'zi futbol o'ynagan jamoada ishlashini. Mana masalan Ronald Kuman hozirda "Barselona"ni boshqaryapti. Lekin bu erda ham kichik muammo bor. Gap shundaki, kelasi yil AGMK ham xalqaro maydonda o'ynaydi. 

So'rovnomadagi eng oxirgi nomzod Samvel Babayan varianti 13 foiz ovoz yig'di. Babayan Xitoydagi faoliyatini tugatib yurtimizga qaytganidan xabaringiz bor. Uning yaqinda "Navbahor"ni qabul qilib olishi kutilgandi, biroq nimadir bo'lib bu ish amalga oshmadi. Bizningcha, Samvel Babayanning "Paxtakor" bosh murabbiyi bo'lish ehtimoli nihoyatda kam bo'lsa kerak.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика