So’nggi yangiliklar

07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  1 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4

"Paxtakor"ning transfer bozoridagi rejalari malum bo'ldi Yangiliklar

"Paxtakor"ning transfer bozoridagi rejalari malum bo'ldi

Futbol muxlislarini “Paxtakor”ning transfer siyosati qiziqtirmoqda.

Amaldagi O'zbekiston chempioni Sardor Rashidov va Hojimat Erkinovni qo'yib yuborar ekan, hali birorta ham xaridni amalga oshirmadi.

“Championat.asia” muxbiri Nikolay Egorichev “Paxtakor”ning yozgi transferlar oynasidagi rejalari hamda klub tarkibiga qo'shilishi mumkin bo'lgan futbolchilar haqida malumot berdi.

"Paxtakor" jamoasi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogida ishtirok etgan ikki nafar futbolchiga qiziqish bildirgan. Ulardan birinchisi Eron yoshlar terma jamoasining markaziy himoyachisi Saman Fallax hisoblanadi. Fallaxning huquqlariga ega bo'lgan "Paykan" klubi futbolchi uchun haddan yuqori mablag' so'ragan. SHu bilan Saman bilan bog'liq muzokaralar yakunlandi.

Ikkinchi o'yinchi - Yuito Suzuki. Ushbu futbolchiga “Paxtakor”dan qiziqish bo'layotgani to'g'risida “Championat.asia” avvalroq xabar bergandi. Suzukining aytishicha, u Yaponiyadan boshqa mamlakatga ketish niyatida emas. Qolaversa, "Simidzu S-Pals" klubi ham Yuitoni qo'yib yubormoqchi emas.

“Paxtakor” hujumini kuchaytiradigan variantlaridan biri Ilya SHkurin edi. Belaruslik hujumchining huquqi Moskvaning CSKA klubiga tegishli bo'lib, uning o'zi Polshaning "Rakuv" klubida ijara asosida to'p tepadi. SHkurin Evropadan ketishga tayyor emas va faoliyatini shu mintaqada davom ettirish niyatida.

Finlyandiyaning "KuPS" klubida to'p tepayotgan Latviya terma jamoasi hujumchisi Yanis Ikaunieksga ham "sherlar" tomonidan qiziqish bo'ldi. Bu ham barbod bo'lgan transferlardan biri sanaladi. Yuqoridagi o'yinchilar bo'yicha muzokaralar tiklanishi dargumon.

Hozirda ikki futbolchiga bo'lgan qiziqish saqlanib qolmoqda - BATEdan Yakov Filipovich va "Abdish-Ata" klubidan Kristian Brauzman. Filipovich 29 yoshda va himoya markazida o'ynaydi. 2017 yil Yakov Xorvatiya terma jamoasi safida bir nechta o'yin o'tkazdi. "Paxtakor" va BATE o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Kelib chiqishi nemis millatiga borib taqaladigan 18 yoshli Kristian Brauzman Qirg'izistonda tug'ilgan va futbol saboqlarini Turkiyada (Eskishexirspor klubi) olgan. Brauzman Qirg'iziston terma jamoasining Osiyo kubogi saralash bosqichidagi o'yinlari orqali “Paxtakor” nazariga tushdi. Kristian himoya markazida ham, qanotida ham o'ynay oladigan mudofaa futbolchisi hisoblanadi.

Umuman olganda, “Paxtakor” yosh futbolchilarni qo'lga kiritishni maqsad qilgan. Yangi sport direktori Maksim SHackix qo'l ostida klubning transfer siyosati biroz o'zgaradi. Biroq bu “Paxtakor” yoshi kattaroq futbolchilardan qutuladi, degani emas. Asosiy maqsad — kelajakda foyda keltirishi mumkin bo'lgan yoshlar va terma jamoa futbolchilarining uyg'unligiga erishish. “Paxtakor” osiyolik futbolchilarga ulkan etibor qaratmoqda.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика