So’nggi yangiliklar

14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  1 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  4 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  3 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1

"Paxtakor"ning tarkibi yosharsa ham maqsadi o'zgarmaydi. Xyuistra bilan hamkorlik davom etadi" - Jafar Irismetov Yangiliklar

"Paxtakor"ning tarkibi yosharsa ham maqsadi o'zgarmaydi. Xyuistra bilan hamkorlik davom etadi" - Jafar Irismetov

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi uchun bu yil qaysidir manoda omadli keldi, deya olamiz.

"SHerlar" joriy mavsumda yana bir bor Superligada chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi. Yil yakunlariga bag'ishlangan taqdirlash marosimida bosh murabbiy Piter Xyuistra Superliganing "eng yaxshi murabbiyi" sifatida etirof etilgan bo'lsa, Dragan CHeran "eng yaxshi to'purar" sovriniga loyiq ko'rildi. Ayni payt ular o'z yurtlarida ekanligi bois sovrinni klub vakillari qabul qilib olishdi. Taqdirlashdan so'ng "Paxtakor" sport direktori Jafar Irismetov fikrlarini bildirib o'tdi. 


"Nomzodlar orasida ko'rsatilgan uchta murabbiy ham mazkur sovringa munosib edi, deb o'ylayman. Balki O'zbekiston chempionligi kubokdan ustunroq hisoblangandir. Ovoz berganlarga rahmat aytib qolaman. O'ylashimcha haqqoniy bo'ldi",- deydi Jafar Irismetov. 

- Piter Xyuistra mavsum davomida o'zining bir qator etirozlarini bildirib o'tdi. Xususan maydon haqida keskin gaplarni aytdi. Uning klubdagi kelajagi borasida yangilik bormi?

- Menimcha Piter Xyuistra bilan hamkorlikni keyingi yil ham davom ettiramiz. Lekin tanqidlarini asosli, deb bilaman. Maydonlarimiz talabga javob bermaydi. Agarda maydonlar qanchalik yaxshi bo'lsa futbolimiz o'sishi tezlashadi. Xyuistrani tanqidini to'g'ri qabul qilish kerak. Uni kechirasizlar, degan umiddaman.

- Klub sport direktori sifatida keyingi mavsumdagi rejalar bilan o'rtoqlashsangiz. Tarkib yoshartirilishi natijalarga qanchalik tasir qiladi?

- "Paxtakor"ning rejasi ko'proq yoshlarga etibor qaratgan holda chempionlik uchun kurashish. Tarkibni yoshartirganimiz bilan maqsadimiz o'zgarmaydi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика