So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

"Paxtakor"ni tanqid qilishga shoshilmaylik Yangiliklar

"Paxtakor"ni tanqid qilishga shoshilmaylik

Mamlakatimizning amaldagi chempioni Osiyo chempionlar ligasini mag'lubiyat bilan boshladi.

"Paxtakor" OCHL guruh bosqichi 1-turda Eron klubi "Sepaxon"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng ko'pchilik "sherlar"ni tanqid qilishga tushdi, turli tarmoqlar va izohlarda "Paxtakor" shaniga salbiy fikrlar yog'ila boshladi. 

To'g'ri, mag'lubiyatdan so'ng tanqid odatiy hol, biroq avvalo mag'lubiyat sabablarini o'rganib, so'ngra xulosa berish joiz bo'ladi. "Paxtakor" birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Gol urishdan tashqari darvozabon Eldorbek Suyunov bir nechta vaziyatda o'z jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. 

Lekin ikkinchi bo'limda jamoa o'zidan kutilgan o'yinni davom ettira olmadi. Ayniqsa himoyada ko'p bora pala-partishlik yuzaga keldi. Lekin bu futbol, g'alaba va mag'lubiyat doim yonma-yon yuradi. Bu bilan "Paxtakor"ning mag'lubiyatini oqlab ko'rsatmoqchi emasmiz. Faqat...

Faqat gap shundaki, birinchidan "Paxtakor"da yangi murabbiy ish boshladi. Slavche Voyneski futbolimizga butunlay yangi odam. Bu mutaxassis endi-endi o'zbek futboli bilan tanishyapti, futbolchilarni o'rganyapti. OCHLni qo'ya turing, hali Superligani bilmaydi va hatto "Paxtakor" futbolchilarini to'liq o'rganib oldi deyish qiyin.

Tabiiyki murabbiyga vaqt kerak. Ko'pchilik SHota Arveladze davrida "Paxtakor" boshqacha o'ynardi, hozirgisidan kuchli edi debdi. Lekin bir eslab ko'ring, Arveladzega yaxshi jamoa tuzish uchun 3 yil kerak bo'ldi. "Paxtakor" gruziyalik murabbiy qo'l ostida faqat uchinchi mavsumga kelibgina barqaror o'yin namoyish eta boshladi. 

Ha, to'g'ri, Osiyo chempionlar ligasi oldidan "Sepaxon"da ham murabbiy o'zgardi. Lekin jamoani mahalliy murabbiy Muharram Navidkiya qabul qilib oldi. Eron terma jamoasi sobiq futbolchisi butun umr shu mamlakatda yashaganidan keyin qaysi klubda ish boshlamasin, baribir tasavvurga ega bo'ladi. Ammo xorijlik mutaxassis - boshqa masala. 

"Paxtakor" ustozi yangi jamoa qurishga harakat qilyapti. Lekin oson bo'lmasligi aniq. Kelganidan so'ng ikki oy o'tib, birdaniga OCHLda hammani "yorvorish" faqat tushda bo'ladi. Bu o'rinda murabbiy futbolchilardan avvalo nimani xohlayotganini bilib olish darkor. Va albatta, Slavche Voyneskidan jamoani CHeransiz o'ynashga o'rgatish, faqat CHeranga suyanib qolmasdan g'alabalar sari etaklash talab etiladi. 

Dragan CHeran - kuchli va aqlli futbolchi. Lekin jamoada bitta Pirloning o'zi kamlik qiladi. G'alaba qozonish uchun tarkibda Buffon ham, Kellini ham, Markizio ham, Teves ham bo'lishi kerak. CHeran allaqachon pishib etilgan, tarbiyalangan futbolchi. Buyog'iga Voyneskidan "Buffon", "Kellini", "Markizio" va "Teves"larni tarbiyalash qolyapti, agar shunga ulgursa. 

"Paxtakor" bugun OCHL 2-tur uchrashuvini o'tkazadi. Mezbon "Al Taavon"ga qarshi. O'yin "Al Taavon" maydonida bo'ladi va juda ko'p ishqibozlar ularni qo'llab-quvvatlaydi. "Al Taavon" dastlabki turda "Al Duhayl"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Demak, bu jamoa ham "podarka" emas. Lekin to'g'ri o'yinni yo'lga qo'yib, Osiyoda har qanday jamoani mag'lub etsa bo'ladi.

Ishonamizki, "Paxtakor" bu o'yinda g'olib chiqishni hammamizdan ko'proq xohlayapti, futbolchilarning yaqinlari, qarindoshlari, ota-onalari bugun tunda boshlanadigan bahsni intiqlik bilan kutmoqda. SHu qatori biz ham. Zero Osiyo maydonlarida O'zbekistonning har qanday jamoasi faqat Vatan shanini o'ylab mayonga chiqadi. "Paxtakor"ga bugungi muhim o'yinda omad yor bo'lsin!

X.Xoliqov. 

Reyting: -92   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика