So’nggi yangiliklar

11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  0 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  5 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  3 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  6 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3

"Navbahor" hech kimga yutqazmayapti, ammo... Yangiliklar

"Navbahor" hech kimga yutqazmayapti, ammo...

Coca-Cola Superliga 17-turining markaziy uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 47'

Superliga. 17-tur

28/08/2022, 19:00

1
:
1
Tugadi

Paxtakor

Xozhiakbar Alizhonov - 52'

45'
90'
40'  Aleksandr Kasyan (Zoran Marushich)
47'  Jamshid Iskanderov
80'  Jamshid Boltaboev
87'  Asadbek Sobirzhonov (Mirlan Murzaev)
87'  Jamshid Iskanderov (Azim Ahmedov)
52'  Xozhiakbar Alizhonov
66'  Azizbek Turg’unboyev (Dostonbek Hamdamov)
70'  Ilya Martinovich (Abbosbek Fayzullayev)
76'  SHahzod Azmiddinov
90'  Dragan CHeran (Muhammadali O'rinboyev)

"SHerlar" "lochinlar"ga engilmayapti

Kechagisini ham qo'shsak, "Navbahor" ketma-ket 10-o'yinda ham "Paxtakor"ni enga olmadi. Namangan klubi o'zaro uchrashuvlarda so'nggi bor 2018 yilda zafar quchgan edi. Ilhom Mo'minjonov ketganidan keyin hech qaysi murabbiy poytaxt grandini mag'lub qilolmayapti. 


10 o'yinning 4 tasi "sherlar" foydasiga hal bo'lgan (6 durang).

"Navbahor" hech kimga yutqazmayapti

Samvel Babayan shogirdlarining Superligadagi mag'lubiyatsiz seriyasi 12 ta o'yinga etdi. Bu chempionatdagi eng yaxshi natida hisoblanadi (2-o'rindagi "Olimpik" futbolchilarining kuragi 7 turdan beri erga teggani yo'q).


"Navbahor" so'nggi bor aprel oyida "So'g'diyona"ga engilgan edi.

Gollar

Ikkala jamoa chempionat tarixida eng ko'p to'qnashganini bilasiz (64 marta). Jamshid Iskandarov kecha "lochinlar"ning "Paxtakor" darvozasiga urilgan 49-goliga mualliflik qildi. Alijonovning zarbasi esa poytaxt klubining 105-javobiga aylandi.   


Jamshid sobiq jamoasi muxlislarini 1-marta ranjitgan bo'lsa, Hojiakbar "Paxtakor" libosidagi 4-golini urdi.

"Navbahor"da yo'qotish

"Paxtakor" bilan o'yinda mezbonlar vakili Jamshid Boltaboev ogohlantirildi. Bu yarim himoyachi uchun mavsumdagi 4-sariq kartochka hisoblanadi (PFL malumoti). SHu tufayli Boltaboev "So'g'diyona"ga qarshi keyingi tur doirasidagi muhim o'yinini o'tkazib yuboradi. U kubok chorak finalida maydonga tushishi mumkin (bunaqa diskvalifikaciya faqat Superligaga tasir qiladi). 

Muxlislar tashrifi

"Markaziy" stadionga o'yinni tomosha qilish uchun 16 950 nafar tomoshabin keldi. Mavsumdagi eng yaxshi natija Namanganga "Bunyodkor" kelganida o'rnatilgan edi — 26 ming (albatta, o'sha uchrashuvga kirish mutlaqo tekin bo'lganini unutmaslik kerak). Ammo "Nasaf"ga qarshi ochilish o'yinida ham chiptalar 50 va 100 ming so'mdan sotilganiga qaramay, arenaga deyarli 20 ming tomoshabin kelgandi. 

2021 yilda ham "Navbahor" — "Nasaf" o'yini "Paxtakor" bilan to'qnashuvga nisbatan ko'proq muxlis to'plagan.

Musobaqa jadvali

Ikkala jamoa ham natijadan qoniqmadi. Endi "Navbahor" 3, "Paxtakor" 4-o'ringa tushib qolishi mumkin. Buning uchun "Nasaf" bugun "Lokomotiv"ni, "So'g'diyona" "Olimpik"ni yutishi kerak. Agar Ulug'bek Baqoev shogirdlari "olimpiyachilar" bilan birga "Neftchi"ni ham mag'lub qilsa, yakka peshqadamga aylanib oladi.

Muallifning telegramdagi kanali → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +17   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика