So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Superliga. "Paxtakor" - SHohruh Abdurahmonov 2:3. "So'g'diyona" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" - SHohruh Abdurahmonov 2:3. "So'g'diyona" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Teglar :  PaxtakorSo'g'diyona
"Paxtakor" hamda "So'g'diyona" o'rtasida o'tkazilgan Superliganing 4-tur bahsi yakunlandi.

"Paxtakor" – "So'g'diyona" 2:3

30 mart. "Paxtakor" stadioni. 19:00

Bosh hakam: SHavkat Nasibullaev

Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Islom Nosirov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Akmal G'iyosov 

Nazoratchi: Jahongir Saidov   

Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: 1:0 — 10, Doniyor Abdumannopov, 1:1 — 23, SHohruh Abdurahmonov, 1:2 — 33, SHohruh Abdurahmonov, 2:2 — 45+3, Diyor Xolmatov, 2:3 — 57, SHohruh Abdurahmonov.

"Paxtakor": 35.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov (18.Saidumarxon Saidnurullaev, 79), 3.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan CHeran, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 33.Doniyor Abdumannopov (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 70), 77.Dilshod Saitov.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 15.Diyor Ortiqboev, 19.Sunnatilla Poyonov, 24.Kirill Todorov, 31.Muhammadali Usmonov, 40.Kimi Merk, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 8.Vladimir Yovovich (11.Zoran Petrovich, 80), 10.SHohruh Abdurahmonov, 14.Lyupcho Doriev (6.Alisher Salimov, 68), 15.Xondamir Mustafoqulov (5.Jasur Yoqubov, 68), 17.Samandar Sindarov (9.Samandar Mavlonqulov, 59), 28.Stanislav Andreev (18.Mirjalol Abdumutalov, 80), 33.Oleg Zoteev.

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 63.Nizomiddin Farhodov, 68.Sardor Hoshimov, 90.Ulug'bek Kenjaev.

Ogohlantirish: Lyupcho Doriev (65).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Mars tomon "Paxtakor" futbolchilari tepgan ikkinchi to'p ham yo'lga chiqdi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

83. Insoniyat Marsga qachon qadam qo'yishini bilmadim-u, lekin Sobirxo'jaev tepgan to'p undan avvalroq etib borsa kerak.

80. Ikkala jamoada o'zgarishlar sodir bo'ldi.

76. "Paxtakor" so'nggi bir necha daqiqada noaniq zarba berish bo'yicha master-klass o'tib berdi.

72. CHeranning yoshi Adhamzodaning uzatmasiga etishi uchun to'sqinlik qildi.

70. Mitrovich ham jamoasining g'alabasda o'z hissasini qo'shishga harakat qildi.

68. "So'g'diyona" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi.

65. Doriev raqibining noziq nuqtasidan to'pni o'tkazganini etirof etishmagani uchun etiroz bildirdi va hakam tomonidan tinchlantirib qo'yildi.

57. GOL! SHohruh Abdurahmonov tepgan penaltini Pavlyuchenko qaytardi, qaytgan to'pni "So'g'diyona" yarim himoyachisi darvozaga joylab qo'yib, xet-trikni rasmiylashtirdi! "Paxtakor" darvozaboni Jeyms Bond filmida dushmanining o'qlaridan qochayotgandek to'pga sakradi va uni qaytardi, ammo ikkinchisida bu harakatni takrorlay olmadi. "Paxtakor" — SHohruh Abdurahmonov 2:3.


56. "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilandi.

54. Doriev "Paxtakor" jarima maydoni ichida Adhamzoda bilan to'qnashib ketdi. "So'g'diyona" futbolchisi qo'lida sumkacha bilan yuguradigan xodimlar yordamiga muhtoj. Hakam VARni bilan aloqaga chiqdi.

51. Zoteev Adhamzodaga to'pni qanday olib qo'yishni ko'rsatib qo'ydi, Adhamzoda esa "ko'rsatib qo'ydi". "So'g'diyona" foydasiga jarima zarbasi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. GOL! Xolmatov uzoq masofadan raqib darvozasi tomon aniq zarba yo'lladi. Menimcha, u futbolga kirib kelishdan avval magnit zavodida ishlagan bo'lsa kerak.


45. Xolmatov jarima zarbasi natijasida dastlab raqib futbolchisidan birining ovqatini hazm qilib yuborgan, keyin ikkinchisining yuzini, uchinchi urinishida darvoza ortidagi o'rindiqqa qo'ngan qushni nishonga oldi.

43. Hamdamov Xolmatovning uzatmasini raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ya olmadi.

41. Hamdamovning bosh bilan yo'llagan zarbasi "So'g'diyona" darvozasi yonidan o'tib ketdi.

39. Doriev uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, Pavlyuchenko darvozasining boshqa ilma-teshik bo'lishini istamadi.

33. GOL! CHerandan to'pni olib qo'yib, Azmiddinovni aldab o'tgan Doriev tomonidan boshlangan hujum Abdurahmonovning dubl qayd etishiga sabab bo'ldi! "Paxtakor" alamli gol o'tkazib yubordi. Hechqisi yo'q, bunday og'ir zarbalar bo'lib turadi. Muhimi, 8-mart ortda qoldi.


30. Yovovich o'zining butsasini kiyishni unutib, ikki razmer katta butsa kiyib olganga o'xshaydi. U naq 11 metrli nuqta yonidan to'pni darvozaga to'g'ri tepa olmadi.

23. GOL! "So'g'diyona" futbolchilari hisobni tenglashtirdi! Zoteevning say-harakatlaridan so'ng Abdurahmonov raqib darvozasini ishg'ol qildi! Bugun kamida ikkita gol ko'rasiz degandik, biz o'z so'zimizda turdik, buning uchun yarim soat ham vaqt ketmadi.


19. "Paxtakor" darvozaboni "So'g'diyona" hujumchisi bilan to'qnashib ketdi. Hakam Pavlyuchenkoning to'pga o'ynaganini qayd etdi.

16. CHeranning zargarona uzatmasiga Hamdamov eta olmadi.

10. GOL! Abdumannopov sheriklari bilan chiroyli kombinaciya uyushtirib, uzoq pastki burchakka to'pni joylab qo'ydi. "So'g'diyona" himoyachilari bu vaziyatda "Avtomobilsiz kun"da probkada qolib ketgan haydovchilar singari to'xtab qolib, raqib futbolchisiga qarshilik ko'rsatolmadi.


7. Sindarov kuchli zarbasi bilan "Paxtakor" darvozabonining toza kiyimlarini kir qilishga majbur etdi.

5. Hamdamovning so'nggi xatti-harakati zarba yoki uzatma ekanligini uning o'zi ham anglolmay qoldi, biroq bu "So'g'diyona" darvozaboni uchun xavf tug'irdi.

2. "So'g'diyona" futbolchi raqib pobsoni bilan birga-bir vaziyatda "ignadan ip o'tkazmoqchi" bo'ldi, ammo "Paxtakor" darvozaboni raqibining niyatini payqab qoldi.

1. Qiziqarli o'tishi kutilayotgan uchrashuv boshlandi. Agar OpenByudjetda ovoz berib yuborsangiz, kamida ikkita gol kafolatlangan.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика