So’nggi yangiliklar

02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  34 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  10 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3

"Paxtakor": Raqibimiz - "Al SHabab" Yangiliklar

"Paxtakor": Raqibimiz - "Al SHabab"

Birinchi turda g'alaba qozongan “Paxtakor” bu safar Ar-Riyodda “SHabab” mehmoni bo'ladi.
Bu jamoaga qarshi 2010 yildagi uchrashuvlarda raqib 3:1 va 2:1 hisoblarida ustun kelgandi. Undagi g'alaba qaysidir jamoaning guruh peshqadamiga aylanib olishiga imkoniyat yaratishi mumkin.

"AL SHABAB" FUTBOL KLUBI
Laqabi:
"oq sherlar", "shayxlar".
Tashkil topgan yili: 1947.
Stadioni: SHahzoda Muhammad bin Faysal, 22500 tomoshabinga mo'ljallangan.
Jamoa rahbari: Xolid bin Saad.
Bosh murabbiyi: Jeymi Pacheko (Portugaliya).

Erishgan yutuqlari: 6 bor Saudiya Arabistoni chempioni (1991, 1992, 1993, 2004, 2006, 2012), 3 marta Saudiya CHempionlari Kubogi sohibi (2008, 2009, 2014), 3 marta Qirol kubogi egasi (1993, 1996, 1999), 4 bor Federaciya Kubogi sohibi (1988, 1989, 2009, 2010), Osiyo Kubok egalari Kubogi sohibi (2001), Arab CHempionlari ligasi g'olibi (1992, 1999), Ko'rfaz klublari chempionlari Kubogi egasi (1993, 1994).

"SHabab" 1947 yilda Ar-Riyodda tashkil etilgan futbol klubi sanaladi. 1967 yilgacha jamoa "SHabab Riyod" deb yuritilgan. Uzoq yillar mobaynida "SHabab" yuqori saviyada o'ynaydigan futbolchilarni etishtirib berishi bilan mashhur bo'lgan. Masalan, 1994 yilgi jahon chempionatida Belgiya darvozasiga ajoyib to'p kiritgan Said Al Ovayran, Gollandiyaga gol urgan Fuad Amin singari o'yinchilar aynan "SHabab" tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

1960-yillarda "Najma" va "Al Mareh" jamoalari ham "SHabab Riyod"ga birlashishdi va klub nomi "Al SHabab"ga o'zgartirildi. 1993 yil "SHabab" Saudiya chempionatida ketma-ket uch bor zafar quchgan birinchi jamoaga aylandi.

Bosh murabbiy Pacheko Portugaliyada etiborga tushgan futbolchi bo'lgan va murabbiy sifatida ham taniqli klublarda ishlashga ulgurgan.

Jeymi PACHEKO
Tug'ilgan sanasi
: 22.07.1958.
Tug'ilgan joyi: Paredes, Portugaliya.
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi.
Futbolchilik faoliyati:
1978-1984 "Portu", 1984-1986 "Sporting", 1986-1989 "Portu", 1989-1991 "Vitoriya Setubal", 1991-1993 "Pasosh Ferreyra", 1993-1994 "Braga".
Portugaliya terma jamoasida 25 uchrashuv o'tkazgan.
Boshqargan jamoalari: 1994-1995 "Rio Ave", 1995-1996 "Uniao Lamas", 1996-1998 "Vitoriya Gimaraesh", 1998-2004 "Boavishta", 2004 "Malorka" (Ispaniya), 2004-2005 "Boavishta", 2005-2006 "Vitoriya Gimaraesh", 2006-2008 "Boavishta", 2008-2009 "Belenensesh", 2009-2010 “Al SHabab”, 2011-2013 “Pekin Guan”, 2014-2015 “Zamalek”, 2015 yildan “Al SHabab”da.

Erishgan yutuqlari: Portugaliya chempioni 1988, 2001, Portugaliya Kubogi sohibi 1984, 1988, Portugaliya Superkubogi sohibi 1982, 1984, 1987, UEFA CHempionlar ligasi g'olibi 1987, UEFA Superkubogi g'olibi 1987, Qitalararo Kubok sohibi 1987.

“SHabab” safida terma jamoaga nomzod 4-5 nafar futbolchidan tashqari iordaniyalik Tariq Hattob, ganalik Muhammad Aval va Jon Antvi, yarim himoyachi Rafinya ham o'ynaydi. Rafinya jamoa hujumlarini tuzishda asosiy futbolchidir.

Darvozabonlar
1. Volid Abdulloh
22. Muhammad Aval
33. Muhammad Ovays

Himoyachilar
2. Abdulloh Astaa
3. Sayyaf Bishi
4. Amir Harun
5. Tariq Hattob (Iordaniya)
13. Hassan Muaz
23. Muhammad Aval (Gana)
25. Majid Marshadi
28. Hamad Jayzani
50. Mansur Ali

Yarim himoyachilar
6. Omar Gamdi
7. Rafinya (Braziliya)
8. Abdulmajid Sulayhim
11. Ahmad Atif
12. Abdulmalik Xaibri
15. Abdu Atif
18. Abdulmajid Ruvayli
26. Abdulaziz Albishi
27. Said Dosari
30. Badir Elitin
35. Hassan Rahfavi
45. Nodir Muvalad
80. Abdulrahmon Alhaybari

Hujumchilar
9. Naif Hazazi
17. Musa SHammari
39. Abdulrahmon Xayrolloh
91. Jon Antvi (Gana)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика