So’nggi yangiliklar

22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   0 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  1 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  3 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  10 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   1 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   2 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  18 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

"Paxtakor" - "Qizilqum": Uchrashuv raqamlari va malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "Qizilqum": Uchrashuv raqamlari va malumotlar

Teglar :  QizilqumPaxtakor
Oliy liganing 2017 yilgi mavsumini "Paxtakor" 3 mart kuni Toshkentda "Qizilqum"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

1-tur bellashuvidan oldin biz jamoalar to'qnashuvlariga oid raqamlar va malumotlarni keltirib o'tamiz.

Oliy ligada jamoalar 34 uchrashuvda maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 28 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 5 bor raqib bilan durang o'ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 91 gol urilib, 19 to'p o'tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 14tasida jamoamiz g'alaba qozonib, 2 durang va 1 mag'lubiyatni qayd etgan. Navoiy jamoasi oxirgi marta safarda 2010 yil ochko olgan - 0:0. Mehmondagi so'nggi golini "Qizilqum" 2009 yil kiritgan.

Oliy liga tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 11:0 hisobi jamoalarning Navoiyda 2007 yil o'tgan bellashuvida kuzatilgan. O'shanda "Paxtakor" mezbonlarni o'ta yirik hisobda dog'da qoldirgan.

Uchrashuvni SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Hozirgacha oliy ligada Qosimov "Paxtakor" ishtirokidagi 8 bellashuvda o'yinni boshqargan. Ularning 5tasida jamoamiz zafar quchgan bo'lsa, 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etilgan.

"PAXTAKOR" - "QIZILQUM"
Hakamlar:
SHerzod Qosimov (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent), Igor Xudoydotov (Toshkent).
Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan).
PFL vakili: SHerzod Rajabov.

Yoshlar tarkiblari o'yini 2 mart, payshanba kuni 16:00da Qibraydagi stadionda start olsa, asosiy jamoalar to'qnashuvi 3 mart, juma kuni "Paxtakor" stadionida 17:00da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvda "Paxtakor" stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarni ajoyib sovg'alar kutmoqda. Mavsumiy abonement va chipta sotib olgan har bir ishqiboz "Omadli muxlis" sovrinli akciyasida ishtirok etib, asosiy sovg'a sifatida "Damas" avtomobilini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. SHuningdek, stadionga kelgan muxlislar barcha qulayliklardan foydalanishi mumkin va bu borada zarur ishlar amalga oshiriladi.

CHiptalar 10 va 20 ming so'mdan stadion kassalarida 2 mart kunidan sotuvga chiqadi va chiptalarni markaziy stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика