"Paxtakor": O'smirlarimiz mag'lub bo'ldilar
09 apr 2014 17:46
Yangiliklar


"Paxtakor": O'smirlarimiz mag'lub bo'ldilar
“Paxtakor” o'smirlari halqaro musobaqani mag'lubiyat bilan yakunladilar.
“Paxtakor” akademiyasining 1998 yilda tavvalud topgan futbolchilaridan iborat jamoasi, Krasnodarda bo'lib o'tayotgan Sergey Vaxrushev xotirasiga bag'ishlangan halqaro musobaqani mag'lubiyat bilan yakunladilar. “B guruhida” ishtirok etgan jamoamiz futbolchilari gurux bosqichidagi so'ngi o'yinda “Krasnodar” futbol akademiyasi ikkinchi jamoasi vakillari bilan kuch sinashdilar va keskin kechgan uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi. Raqib futbolchilari Volnenko va Jigkaev tomonidan kiritilgan gollarga futbolchilarimiz faqatgina Ozodbek Qurbonovning aniq zarbasi bilan javob bera oldilar xolos. Musobaqa reglamentiga binoan, agar guruh uchrashuvlari yakuniga ko'ra ikki jamoa ochkolari soni teng ko'rinish olsa, birinchi navbatda ularning o'zaro o'yinidagi natija inobatga olinadi. SHunday qilib to'plar nisbati yaxshiroq bo'lishiga qaramasdan, vakillarimiz guruxda uchinchi o'ringa tushib ketdilar va musobaqani tark etdilar.
B guruhi
Paxtakor (Toshkent) - Krasnodar-2 FK Akademiyasi – 1:2
Gollar: Qurbonov – Volnenko, Jikaev
9 aprel. Krasnodar FK akademiyasi maydoni.
B guruhi
Paxtakor (Toshkent) - Krasnodar-2 FK Akademiyasi – 1:2
Gollar: Qurbonov – Volnenko, Jikaev
9 aprel. Krasnodar FK akademiyasi maydoni.

Fikrlar