So’nggi yangiliklar

15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  0 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  2 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  5 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0 11:25Футзал бўйича Осиё Кубоги-2026 саралаш мусобақаси олдидан митинг бўлиб ўтди  0 10:52Мбаппе "Олтин тўп" топшириш маросимига бориши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 10:28МЮ қишда Португалия термаси аъзосини сотиб олмоқчи  3 10:00Сергей Чигодаев: "Биринчи бўлимда футболчиларимиз бироз ҳаяжонланишди"  7 09:33Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  8

"Paxtakor" murabbiyi Piter Xyuistra: "Bu o'zbek futbolining ham yutug'i. Haqiqiy bosim endi boshlanadi" Yangiliklar

"Paxtakor" murabbiyi Piter Xyuistra: "Bu o'zbek futbolining ham yutug'i. Haqiqiy bosim endi boshlanadi"

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi OCHL guruh bosqichi 6-turida Eronning "SHahr Xodro" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Shahr Khodrou FC

AFC Champions League Grp. B . 6-tur

24/09/2020, 00:00

1
:
0
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Jaloliddin Masharipov - 65'

45'
90'
31'  Ali Taheran
45'  Mohammad Reza Khalatbari
45'  Ali Nemati
69'  Akbar Sadeghi
69'  Mohammad Reza Khalatbari (Hossein Mehraban)
76'  Abolhassan Jafari
78'  Ruhollah Seifollahi (Amirhassan Jafari)
78'  Mohammad Ali Faramarzi (Alireza Asadabadi)
46'  Dostonbek Khamdamov (Javokhir Sidikov)
46'  Khoziakbar Alidzhanov (Akramjon Komilov)
46'  Odildzhon Khamrobekov (Vladimir Kozak)
65'  Jaloliddin Masharipov
67'  Yegor Krimets (Sadriddin Abdullaev)
73'  Akramjon Komilov
77'  Dragan Ceran (Asad Sobirzhonov)

SHu tariqa, "sherlar" "B" guruhida birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olishdi. Bosh murabbiy SHota Arveladze karantinda bo'lgani sabab o'yindan keyingi matbuot anjumanida uning yordamchisi Piter Xyuistra ishtirok etdi.

P.Xyuistra: "Bugungi g'alabadan juda ham xursandman. Uchrashuv boshlangunga qadar guruhimizdagi o'zgarishlar haqida bilmagandik. SHu sabab futbolchilar bilan bellashuvga maksimal darajada tayyorlandik, maqsad shu uchrashuvda g'alabani o'zimizniki qilish va keyingi bosqichga chiqish edi. Yigitlar g'alabaga bo'lgan chanqoqliklarini ko'rsatgan holda yaxshi o'yin namoyish etishdi. 2-bo'limda g'alaba to'pini kiritdik, bundan juda mamnunmiz. Keyingi bosqichga yo'l olganimiz nafaqat bizning, balki, butun o'zbek futbolining ham yutug'i deb o'ylayman. SHu sabab buni o'zbek futboli uchun ijobiy voqelik deb hisoblayman".


- Bosh murabbiy SHota Arveladzening karantinda ekanligi oldindagi mashg'ulotlar va o'yinlarda qanchalik tasirini ko'rsatadi?

- SHotada ushbu kasallik aniqlangani barchamiz uchun kutilmagan holat bo'ldi. CHunki, u hamisha o'zi va qolgan barchaga nisbatan ham juda ehtiyotkor edi. Klubdagilarni asrashga jiddiy etibor qaratib kelardi. Lekin, bu narsa bilan hech narsa qilib bo'lmaydi. SHota bevosita biz bilan yonimizda bo'lmasa-da, biz 3 yildan beri birga ishlab kelayotgan murabbiylar guruhiga egamiz. Bundan tashqari, jamoadagi futbolchilar tajribali, professional va juda ham intizomli. Biz mashg'ulotlar va ish jarayonimizni avtomatik ishlayveradigan darajaga olib chiqishga harakat qilganmiz, bu yo'lda ishlayapmiz. Hozirgi holatga kelishimizda eng katta hissa SHotaga tegishli deb o'ylayman. U "Paxtakor" loyihasida katta o'rin tutadigan insonlardan biri. Futbolchilar ham professional va nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Guruh o'yinlari ortda qoldi, biz uchun musobaqaning haqiqiy bosqichi, haqiqiy sinovlari mana endi boshlanadi. Oldinda bizni 3ta final kutib turibdi deyish mumkin. Buyog'iga mutaxassislar guruhi va futbolchilar birlashib nima qilish kerakligini bilamiz. "Paxtakor" bejizga shu darajaga chiqmaganini isbotlash uchun ham ishlaymiz va maydonga tushamiz.

- O'yin payti SHota bilan aloqada bo'lib turdingizmi va keyingi bosqichga chiqqaningizdan so'ng sizlardagi bosim biroz kamaydimi?

- SHota bilan maslahatlashib turdik, u o'z ko'rsatmalarini berdi. Nafaqat o'yin, balki mashg'ulotlarda ham u bilan maslahatlashib ish tutamiz. Bosim? Aksincha, bizda haqiqiy bosim endi boshlanadi. CHunki, pley-offda xato qilishga haqqing yo'q. Har bir o'yin oxirgisi bo'lishi ham mumkin. SHu bois raqiblarni o'rganib chiqqanmiz, ularning har bir harakatlarini tahlil qilganmiz, tayyorgarlik jarayonida bosh murabbiyimiz ham ko'rsatmalarini beradi. Biz bor kuchimiz bilan o'zimizni ko'rsatishga intilamiz.


- Agar bugun o'yin boshlanishidan oldinroq guruhdagi vaziyatga oydinlik kiritilgan bo'lganda tarkibda o'zgarishlar bo'larmidi?

- To'g'risi, tarkibni o'zgartirolmasdik. CHunki, bu haqda o'yin boshlangandan keyingina xabar chiqdi. SHunga qaramasdan, keyinchalik kichik jarohati va sariq kartochkalari bor o'yinchilarni almashtirdik. SHunga qaramay, asosiy tarkib o'ynagani yaxshi bo'ldi deb o'ylayman. CHunki, bu o'yin ritmini ushlab turishga yordam beradi. Bundan tashqari, futbolchilar o'ynashni yoqtirishadi. Masalan, Jaloliddin ham doim o'ynashni xohlaydi, futbol u uchun xobbiga aylanib ketgan. Dragan ham bugun zaxiraga olganimizda biroz asabiylashgandek bo'ldi, u ham o'ynashni va gol urishni xohlayotgandi. Jamoaviy o'yin ritmini ushlab turish uchun bugungi bahs foydali bo'ldi deb o'ylayman.

- "Istiqlol" Qatarda "Paxtakor"dan ikkita kamroq o'yin o'tkazdi. Bu sizlar uchun muammo bo'lmaydimi?

- Bu balki "Istiqlol" uchun ham muammo bo'lishi mumkin. Buni endi o'yindan keyin ko'ramiz. Biz butun mavsum davomida jismoniy holatimiz yaxshi bo'lishi uchun ishlab keldik va ishlayapmiz. Bu tomonlama men futbolchilarga ishonaman, barchasini 26 sentyabr kunidagi o'yinda bilib olamiz.


"SHahr Xodro" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb Jaloliddin Masharipov topildi. Matbuot anjumanida Xyuistraga aynan Masharipov hamrohlik qildi. Uning anjumanda aytgan fikrlarini biroz keyinroq o'qiysiz.


Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика