So’nggi yangiliklar

08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  5 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  22 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  56 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12

"Paxtakor" mavsumning eng qiyin pallasiga qanchalik tayyor? Yangiliklar

"Paxtakor" mavsumning eng qiyin pallasiga qanchalik tayyor?

Superliganing ikkinchi davrasi start oldi.

lublar esa o'z tarkiblarini kuchaytirish uchun, transferlarni amalga oshirmoqda va yana kimdir chet elda mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda. CHempionlikga asosiy davogarlar ham chempionlik hal bo'ladigan ikkinchi davraga ancha puxta tayyorgarlik ko'rishmoqda. "Nasaf" o'z safiga birin ketin kuchli legionerlarni qo'shib olgan bo'lsa, "Navbahor" o'z zaxira o'rindig'ini kuchaytirmoqda va ko'pchilikning fikri bo'yicha transferlar oynasining so'ngi kunlariga "bomba" yangilik tayyorlamoqda. Amaldagi chempion "Paxtakor" ham o'z safiga bir nechta futbolchilarni qo'shib oldi va kecha malum bo'lganidek "sherlar"ning asosiy futbolchilaridan biri Abbosbek Fayzulllaev "CSKA" klubiga o'tmoqda va "Paxtakor" uchun katta yo'qotish. Mavsumning ikkinchi qismiga "Paxtakor"ning "ambiciya"lari qay darajada?

Transferlar va tarkib

"Paxtakor" klubi ushbu transferlar oynasida bir nechta yosh futbolchilar tark etishdi ular: Abubakr Ashurov ("Turon"ga ijara asosida), SHahzod Rahmatullaev ("Turon"ga ijara asosida), Abbos Ergashboev ("Andijon"ga ijara asosida), Diyor Ortiqboev ("Buxoro"ga ijara asosida) va Sardor Rashidov klub bilan shartnomasini bekor qildi.

Jamoani vaqtinchalik tark etgan yosh futbolchilar va tajribali Sardor Rashidov o'rniga Maksim SHackix, jamoaga bir nechta yangi futbolchilarni ham olib keldi va ular asosan legionerlar. "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblangan va o'tgan mavsumni Moskvaning "Torpedo" jamoasida o'tkazgan Hojimat Erkinov ijara asosida bir yilga "Paxtakor"ga qaytdi. SHuningdek jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun klub rahbariyati polshalik futbolchi Mixail Kuxarchikni o'z safiga qo'shib oldi. "SHerlar" safida esa endi ikki nafar polshalik futbolchi bor va ularning ikkisi ham hujumchi yani bir biriga raqobatchi. Jamoaga yana qirg'izistonlik futbochi va "Kayzerslautern" klubi tarbiyalanuvchisi Kimi Merk bilan shartnoma imzoladi.

"Paxtakor" jamoasi o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida, kolumbiyalik mashhur himoyachi Yerri Mina bilan muzokaralar olib bordi, lekin "Barselona"ning sobiq o'yinchisi 15-karra O'zbekiston chempionlari bilan shartnoma imzolamadi.

P.S: Jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Abbosbek Fayzullaev "CSKA"ga o'tgani elon qilindi. "Paxtakor" transferlar oynasining so'ngi kunlarida ikkita yangi futbolchining transferini elon qildi. Belaruslik darvozabon Pavel Pavlyuchenko "Paxtakor" bilan 1.5 yillik shartnoma imzolangani elon qilindi. "Paxtakor" himoya markazini kuchaytirish uchun bir nechta markaziy himoyachilar bilan muzokara olib bordi va niderlandiyalik futbolchi Metyu Stinvorden bilan shartnoma imzoladi, 30 yoshlik markaziy himoyachi bilan ham 1.5 yillik shartnoma imzolandi.

Taqvim

"Paxtakor" jamoasini oldinda juda zich taqvim kutib turibdi. Avgust oyida "Paxtakor" 7ta uchrashuvda ishtirok etishi kerak bo'ladi va avgust oyi Maksim SHackix shogirdlari uchun haqiqiy imtihon bo'lishi shubhasiz. Superliga va kubok doirasida o'tkaziladigan bahslardan tashqari 24 avgust O'zbekiston Superkubogi finali "Paxtakor"ni kutib turibdi.

18-tur 29.08.2023 "Qizilqum" - "Paxtakor"

Superkubok final "Nasaf" - "Paxtakor"

17-tur 19.08.2023 "Paxtakor" - "Metallurg"

11-tur 15.08.2023 "Nasaf" - "Paxtakor

16-tur 10.08.2023 "Navbahor" - "Paxtakor"

15-tur 05.08.2023 "Paxtakor" - "Neftchi"

O'zbekiston kubogi. "Dinamo" - "Paxtakor"

OCHL va raqiblar

24 avgust kuni Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlanadi. Qurada "Paxtakor" birinchi savatchadan joy olgan. "Paxtakor"ning ehtimoliy raqiblari: "Sepaxon"(Eron), "Al-Duhayl"(Qatar), "Al-Fayha"(Saudiya Arabistoni), "Nassaji Mazandoran"(Eron), "Al-Faysali"(Saudiya Arabistoni), "Istiqlol"(Tojikiston), "Axal"(Turkmaniston), "Al-Ayn"(BAA) va pley-off bosqichidan o'tadigan jamoalar. "Paxtakor" qurada birinchi savatchadan joy olgani jamoa guruh bosqichida "Al-Hilol", "Al-Sadd" va "Al-Ittihod" kabi Osiyoning grand jamoalariga qarshi o'ynamasligini anglatadi, lekin "Al-Duhayl" va "Sepaxon" kabi jamoalar "Paxtakor"ga qarshi osonlikcha taslim bo'lishmasligi aniq. SHuningdek, ikkinchi savatchadan o'rin olgan "Al-Duhayl" va "Sepaxon" jamoalari, Osiyo chempionlar ligasining 2022 yilgi mavsumida "Paxtakor" bilan bir guruhda bo'lishgan va "Paxtakor" jamoasi ikki raqibga ham barcha o'yinlarda mag'lub bo'lgan. Maksim SHackix ko'p takrorlaganidek, ushbu mavsum "Paxtakor" chempionlar ligasi uchun ancha yaxshi tayyorgarlik ko'rmoqda.

Kamchiliklar

"Paxtakor"ning ushbu mavsumdagi asosiy muammolaridan biri bu hujum chizig'i. Pshemislav Banashak ko'p jarohatlanayotgani sababli, yaqqol hujumchi poziciyasi bo'sh qolmoqda, SHackix esa majburligidan Doston Hamdamovni o'zi uchun noqulay bo'lgan poziciyada o'ynatayotgan edi. Jarohatidan forig' bo'lgan va jamoaga endigina qo'shilgan Mixail Kuxarchik ushbu muammoni hal etishlari kerak bo'ladi. CSKAga o'tayotgan Fayzullaev ham "Paxtakor" uchun katta yo'qotish, hujumda "kreativlik" darajasi pasayishi esa shubhasiz. SHuningdek, jamoaning kamchiligi bu zaxira o'rindig'idagi tajribali futbolchilarning kamchiligi. Jamoa deyarli bir tarkib bilan o'ynashga majbur bo'lib qolgan.


Abdulvosit Bektemirov 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика